O'zbekiston

Qashqadaryoda 3 kishida quturish kasali aniqlandimi?

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan xabarlar yuzasidan SSV munosabat bildirdi.

Qashqadaryoda 3 kishida quturish kasali aniqlandimi?

 

Qashqadaryo viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi ijtimoiy tarmoqlarda Kitob tumani “Varganza” mahallasida bir oilaning uch nafar a’zosida quturish kasalligi aniqlangani haqida tarqalgan xabarlar yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, joriy yil 10-iyul kuni Kitob tumanida yashovchi 1979-yilda tug‘ilgan fuqaro xavfli yuqumli kasallik gumoni bilan shifoxonaga yotqizilgan. Epidemiologik surishtiruv davomida fuqaro taxminan bir oy avval tulki bolasi tomonidan tirnalgani aniqlangan. U 11-iyul kuni vafot etgan.

 

Hozirda marhumning o‘lim sababini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan.

 

Shuningdek, marhum bilan aloqada bo‘lgan uch nafar fuqaro ehtiyot chorasi sifatida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan. Tekshiruvlar davomida ularda quturish kasalligining klinik belgilari aniqlanmagan. Ayni paytda ular shifokorlar nazoratiga olinib, zarur profilaktik emlash tadbirlari o‘tkazilmoqda.

 

Qayd etilishicha, Kitob tumanidagi epidemiologik vaziyat viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati hamda veterinariya mutaxassislari hamkorligida to‘liq nazoratga olingan.

 

Mutasaddilar fuqarolardan ortiqcha xavotirga berilmaslikni hamda ijtimoiy tarmoqlarda asossiz va tasdiqlanmagan ma’lumotlarni tarqatmaslikni so‘radi.

custom img

5 milliard so‘mlik zarar: xalqaro qidiruvdagi shaxs Turkiyada qo‘lga olindi

Mazkur shaxs ajratilgan kredit mablag‘larini o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilganlikda gumon qilinmoqda.

custom img

Banklarda 461 mlrd so‘mlik firibgarlikning oldi olindi: 18 milliondan ortiq operatsiya cheklandi

O‘zbekistonda 2026-yilning dastlabki 6 oyida zararli dastur aniqlangani sabab 1,28 millionta qurilmada bank ilovalaridan foydalanish cheklangan.

custom img

Angrenda bemor “probasiz” ukol ortidan komaga tushdimi? Holat yuzasidan tekshiruv boshlandi

Tekshiruv yakunlari asosida holatga huquqiy va tibbiy jihatdan baho berilishi ma’lum qilindi.

custom img

«Chiqarilgan hukmdan ozgina noroziman»: tayinlangan jazo yuzasidan sud munosabat bildirdi

Toshkent shahar sudi YPX inspektori o‘limiga sababchi bo‘lgan sudlanuvchiga 2,4 yillik jazo berilgani yuzasidan izoh berdi.

custom img

"Yil o‘qituvchisi" tanlovi: Qoraqalpog‘istonlik pedagog 50 ming dollar mukofotni qo‘lga kiritdi

Respublika bo‘yicha 208 nafar, Qoraqalpog‘istondan esa 17 nafar o‘qituvchi ushbu tanlovda g‘olib deb topildi.

custom img

Toshkent osmonida yorqin obyekt kuzatildi: mutaxassislar dastlabki xulosani berdi

Toshkent osmonida kuzatilgan yorqin obyekt meteor yoki bolid emasligi aytildi. Hodisa Xitoydan uchirilgan raketa bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

custom img

616 mln so‘mlik mukofot: “Yil o‘qituvchisi” g‘oliblari aniqlandi

Tanlovda 46 mingdan ortiq pedagog ishtirok etdi. G‘oliblar uch bosqichda saralandi.

custom img

17 yoshli o‘quvchi gashish bilan ushlandi: jo‘natma Rossiyadan yuborilgan

Giyohvandlik vositalari konserva qutisiga yashirilgan bo‘lgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"