O'zbekiston

“Real Sanjik” ishi bo‘yicha apellyatsiya shikoyati ko‘rib chiqilmoqda

Toshkent shahar sudi apellyatsiya jarayoni davom etayotgani va advokatning shikoyati yuzasidan rasmiy izoh berdi.

“Real Sanjik” ishi bo‘yicha apellyatsiya shikoyati ko‘rib chiqilmoqda

 

Firibgarlik va boshqa jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan S. Karimov (“Real Sanjik”)ga oid jinoyat ishi Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellyatsiya instansiyasida ko‘rib chiqilmoqda.

 

Toshkent shahar sudlari matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, ayrim ommaviy axborot vositalarida sudlanuvchi himoyachilaridan biri tomonidan apellyatsiya shikoyati qabul qilinmagani va shu sabab sud majlisi asossiz qoldirilayotgani haqida tarqalgan xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

 

Aniqlanishicha, advokat apellyatsiya shikoyatini avval aytilganidek 18-may kuni emas, balki 30-iyun kuni tuman sudiga elektron shaklda taqdim etgan. Shikoyat berish muddati o‘tgan bo‘lsa-da, hukm hali qonuniy kuchga kirmagani hamda ish boshqa himoyachilar tomonidan o‘z vaqtida berilgan apellyatsiya shikoyatlari asosida ko‘rib chiqilayotgani inobatga olinib, advokatning muddatni tiklash haqidagi iltimosnomasi qanoatlantirilgan.

 

Natijada advokat O. Ashurov boshqa himoyachilar qatori bugungi sud majlisida ishtirok etgan.

 

Toshkent shahar sudi matbuot xizmati odil sudlovni amalga oshirishda advokatlarning o‘rni muhim ekanini ta’kidlab, ommaviy axborot vositalari orqali shaxsiy huquqiy pozitsiyani aniq tasdiqlangan fakt sifatida talqin qilish jamoatchilikni chalg‘itishi mumkinligini qayd etdi.

 

Mazkur jinoyat ishi bo‘yicha navbatdagi sud majlisi 20-iyul kuni davom ettiriladi.

custom img

Butunjahon tozalik kuni: O‘zbekistonda plogging aksiyasi o‘tkaziladi

Aksiya 19-sentyabr kuni barcha hududlarda bo‘lib o‘tadi.

custom img

202 davlat, 2 mingdan ortiq shaxmatchi: Samarqand bugun shaxmat olamini qarshi oldi

Tashkilotchilar Olimpiadani shaxmat tarixidagi eng yirik musobaqa sifatida qayd etmoqda.

custom img

Vertolyotlar orqali nazorat: 70 kg giyohvandlik o‘simliklari yo‘q qilindi

Tadbir davomida Andijon, Samarqand va Buxoro viloyatlarida marixuana saqlash hamda kannabis yetishtirish bilan bog‘liq bir nechta holat aniqlandi.

custom img

Toshkent avtobuslarida rekord: bir kunda 1,5 mln yo‘lovchi

Toshkentda 170 ta avtobus yo‘nalishi mavjud.

custom img

O‘zbekiston Prezidentining Koreya Respublikasiga davlat tashrifi yakunlandi

Aeroportda Prezident va rafiqasini Koreya Respublikasi ichki ishlar va xavfsizlik vaziri Yun Xo Chjun hamda boshqa rasmiylar kuzatib qo‘ydi.

custom img

Buxorodagi reydda 211 ta jarimasi bor mashina topildi

Haydovchining 137 mln so‘mlik maʼmuriy jarimasi bo‘lgan.

custom img

“Madaniy merosning millati bo‘lmaydi”: Agentlik Alisher Qodirovning bayonotiga javob berdi

Madaniy meros agentligi Bobur ko‘chasidagi obyektning tarixiy qiymatini ta’kidlab, uni saqlash masalasida qonun va ekspertizaga tayanilishini bildirdi.

custom img

Andijonda 900 xil dori vositalari yo‘q qilindi

Maʼlum bo‘lishicha, ular belgilangan talablarga javob bermaydi va isteʼmolga yaroqsiz hisoblanadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"