O'zbekiston

Toshkent viloyatidagi bog‘chalarda bolalar zaharlanishi ishi bo‘yicha sud hukmi e'lon qilindi

Sud 11 nafar sudlanuvchini aybdor deb topib, ularga 3 yildan 3,5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish va ozodlikni cheklash jazolarini tayinladi.

Toshkent viloyatidagi bog‘chalarda bolalar zaharlanishi ishi bo‘yicha sud hukmi e'lon qilindi


 
Jinoyat ishlari bo‘yicha Bo‘ka tuman sudida 2025-yil sentyabr oyida Toshkent viloyatining Bekobod, Bo‘ka, Oqqo‘rg‘on, Piskent va Quyichirchiq tumanlaridagi davlat maktabgacha ta'lim muassasalarida yuz bergan bolalarning ommaviy zaharlanishi bilan bog‘liq jinoyat ishi bo‘yicha sud jarayoni yakunlandi. Sud hukmiga ko‘ra, ish bo‘yicha ayblangan 11 nafar shaxs aybdor deb topildi.
 

Oliy sud matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, sudlanuvchilar Jinoyat kodeksining 257¹-moddasi 1-qismi (sanitariyaga oid qonunchilikni yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish) bilan aybdor deb topilgan.


 Sud hukmiga ko‘ra, "Shark Milk Product" MCHJ direktori R.O., bosh texnolog A.S. va texnolog R.X.ga 3 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.


 Korxona ta'sischisi va sotuv bo‘limi menejeri S.S., ta'sischi va direktor o‘rinbosari F.O. hamda texnolog yordamchisi M.N. 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.


 Shuningdek, "Governess Business", "Innavation Outsourcing Servise", "Nishon Invest", "Kinder Garden Group" MCHJlari direktorlariga hamda "Shark Milk Product" laboratoriya xodimiga 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.


 Sud hukmi bilan barcha sudlanuvchilarga Jinoyat kodeksining 45-moddasi asosida muayyan huquqlardan mahrum qilish tarzidagi qo‘shimcha jazo ham belgilandi. Tomonlar hukm ustidan qonunda belgilangan tartibda apellatsiya yoki kassatsiya shikoyati berish huquqiga ega.


 Mazkur ish 2025-yil sentyabr oyida Toshkent viloyatidagi beshta tumandagi davlat bog‘chalarida bolalarning ommaviy zaharlanishi ortidan qo‘zg‘atilgan edi. Dastlab bolalarda yuqori isitma, ko‘ngil aynishi, qayt qilish va ich ketishi kabi alomatlar kuzatilgan. Tibbiy tekshiruvlardan so‘ng ularga oziq-ovqat toksikoinfeksiyasi tashxisi qo‘yilgan.


 Sog‘liqni saqlash vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, hodisadan so‘ng 1 922 nafar tarbiyalanuvchi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan. Ularning 960 nafarga yaqini shifoxonaga yotqizilgan, qolgan bolalarga ambulator yordam ko‘rsatilgan. Keyinchalik barcha bolalar sog‘aygani ma'lum qilingan.


 Tergov davomida zaharlanishga "Shark Milk Product" korxonasi ishlab chiqargan 3,2 foiz yog‘lilikdagi kefir sabab bo‘lgani aniqlangan. Mazkur mahsulot autsorsing kompaniyalari orqali bir nechta davlat bog‘chalariga yetkazib berilgan.


 Voqeadan so‘ng Bosh prokuratura maxsus tergov guruhi tuzib, ishni alohida nazoratga olgan. Shuningdek, respublika bo‘ylab maktabgacha ta'lim muassasalariga oziq-ovqat yetkazib beruvchi korxonalar faoliyati sanitariya talablari va mahsulot sifati yuzasidan qo‘shimcha tekshiruvdan o‘tkazilgan.
 

O‘zbekistonda iste’mol tovarlari tekshiruvi: 73 nomdagi mahsulotda kamchilik topildi

O‘zbekistonda iste’mol tovarlari tekshiruvi: 73 nomdagi mahsulotda kamchilik topildi

2026-yilning sakkiz oyida 60 turdagi 558 nomdagi mahsulot laboratoriya ekspertizasidan o‘tkazildi.

Toshkentda qizamiq xavfi ortdimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Toshkentda qizamiq xavfi ortdimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Ijtimoiy tarmoqlarda qizamiqqa gumon qilingan 290 ta holat va bemorlar bilan aloqada bo‘lgan 10 mingdan ortiq shaxs ro‘yxatga olingani haqida xabarlar tarqaldi.

“Asosiy vazifa — erishilgan ushbu kelishuvlarni aniq amaliy natijalarga, ya’ni investitsiyalar, zamonaviy korxonalar va yangi ish o‘rinlariga aylantirish” — Saida Mirziyoyeva

“Asosiy vazifa — erishilgan ushbu kelishuvlarni aniq amaliy natijalarga, ya’ni investitsiyalar, zamonaviy korxonalar va yangi ish o‘rinlariga aylantirish” — Saida Mirziyoyeva

Amerika–O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Gazsiz qoladigan manzillar: 20-oktyabr kuni ta’minot vaqtincha to‘xtatiladi

Gazsiz qoladigan manzillar: 20-oktyabr kuni ta’minot vaqtincha to‘xtatiladi

Soat 09:00 dan 18:00 gacha yirik gaz quvurida ta’mirlash ishlari olib boriladi.

Shar sabab elektr uzildi: to‘rtta tuman elektrsiz qoldi

Shar sabab elektr uzildi: to‘rtta tuman elektrsiz qoldi

Barcha iste’molchilarga elektr energiyasi yetkazib berish 33 daqiqada to‘liq tiklandi.

Serjio Gor “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi

Serjio Gor “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi

Farmonda uning investitsiyalarni jalb qilish, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish va qo‘shma loyihalarni ilgari surishdagi xizmatlari e’tirof etilgan.

Marko Rubio “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlandi

Marko Rubio “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlandi

AQSh Davlat kotibi ushbu orden bilan O‘zbekiston va AQSh hamkorligini rivojlantirishdagi xizmatlari uchun taqdirlandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSh Davlat kotibi Marko Rubio bilan uchrashdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSh Davlat kotibi Marko Rubio bilan uchrashdi

O‘zbekiston Prezidenti va AQSh Davlat kotibi strategik sheriklikni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildi.