O'zbekiston

Anomal issiqda ko‘chatlarni qachon sug‘orish kerak?

To‘g‘ri sug‘orish tartibi o‘simliklarni issiq stressidan himoya qilib, namlikni uzoqroq saqlashga yordam beradi.

Anomal issiqda ko‘chatlarni qachon sug‘orish kerak?

 

Mutaxassislar anomal issiq kunlarda ko‘chat va o‘simliklarni kechki hamda tungi vaqtda sug‘orishni tavsiya qilmoqda.

 

Ekologiya va iqlim o'zgarishi qo'mitasining qayd etishicha, daraxt va buta ko‘chatlarini to‘g‘ri vaqtda sug‘orish ularni issiq stressidan himoya qiladi, tuproqdagi namlikni saqlaydi hamda sog‘lom o‘sishini ta’minlaydi.

 

Eng maqbul sug‘orish vaqti kechki soat 20:00 dan ertalab soat 05:00 gacha hisoblanadi. Bu davrda havo salqin bo‘lgani sababli suv kamroq bug‘lanadi va ildizlarga yaxshiroq singadi.

 

Mutaxassislar tavsiyasiga ko‘ra:

  • Yangi ekilgan ko‘chatlar soat 20:00–22:00 oralig‘ida kamroq, ammo tez-tez sug‘orilishi kerak.

  • Yosh daraxtlar haftasiga 2–3 marta chuqur va mo‘l sug‘oriladi.

  • Katta daraxtlar esa haftasiga 1–2 marta, kechki yoki tungi vaqtda chuqur sug‘orilishi tavsiya etiladi.

 

Shuningdek, suvni barglarga emas, ildiz zonasiga yo‘naltirish, uni sekin quyish, tuproq namligini saqlash uchun mulchadan foydalanish tavsiya etiladi.

 

Mutaxassislar soat 10:00 dan 17:00 gacha ko‘chatlarni sug‘ormaslikni tavsiya qilmoqda. Chunki bu vaqtda suv tez bug‘lanib, o‘simliklarga zarar yetkazishi mumkin.

 

Eslatib o‘tilishicha, har bir o‘simlik va tuproq turi turlicha namlik talab qiladi. Shu sababli sug‘orishdan avval tuproq namligini tekshirish va o‘simlik ehtiyojidan kelib chiqib ish tutish maqsadga muvofiq hisoblanadi.

custom img

Jazirama kunlarda ochiq havodagi ishlarni 11:00–16:00 oralig‘ida to‘xtatish tavsiya etildi

Mehnat inspeksiyasi jazirama sharoitida ish beruvchilar uchun majburiy talablarni e’lon qildi.

custom img

Toshkent va Qashqadaryoda pora olgan mansabdorlar qo‘lga olindi

15 ming dollar va 17 mln so‘m pora bilan bog‘liq korrupsion holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.

custom img

Mustaqil izlanuvchilikka qabul: PhD va DSc uchun qabul boshlandi

PhD va DSc uchun hujjat topshiruvchilarga ilmiy maqolalar, tezislar hamda suhbatdan o‘tish talablari belgilangan.

custom img

Bekoboddagi metallurg qiz Dilnoza Primqulova Zulfiya mukofoti bilan taqdirlandi

Metallurgiya kombinatiga tashrif chog‘ida Dilnoza Primqulova prezidentga bag‘ishlab yozgan she’rini o‘qib bergandi.

custom img

Jazirama sabab Qashqadaryoda ham yuk mashinalari harakati cheklanadi

Cheklov avtomobil yo‘llari qoplamasini saqlash va ularning muddatidan oldin shikastlanishining oldini olish maqsadida joriy etildi.

custom img

Ish haqi kechiktirilsa, xodimga kompensatsiya to‘lanadi

Bu mehnat munosabatlarini soddalashtirish, ularni raqamlashtirish va xodimlar huquqlarini kuchaytirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasida belgilandi.

custom img

Prezidentning Qatarga tashrifi yakunlandi

Shavkat Mirziyoyev Qatarning sobiq Amirining vafoti munosabati bilan ta’ziya marosimida ishtirok etdi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qatar Amiri bilan uchrashib, unga hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston rahbari Qatar Amirini o‘ziga qulay bo‘lgan fursatlarda mamlakatga tashrif buyurishga taklif etdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"