O'zbekiston

Belarusdagi hibsxonada o‘zbekistonlik ayol farzandli bo‘ldi

Ayolning iltimosiga ko‘ra, uning yangi tug‘ilgan farzandi O‘zbekistondagi yaqinlari qaramog‘iga topshirildi.

Belarusdagi hibsxonada o‘zbekistonlik ayol farzandli bo‘ldi

 

Belarusdagi tergov hibsxonasida tug‘ilgan o‘zbekistonlik chaqaloq O‘zbekistonga olib kelindi. Bu haqda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) axborot berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, joriy yil 15-may kuni O‘zbekiston delegatsiyasi Ombudsman tashabbusi bilan Belarusning Minsk shahridagi tergov hibsxonasida saqlanayotgan O‘zbekiston fuqarolari bilan uchrashuv o‘tkazgan.

 

Uchrashuv davomida muassasada saqlanayotgan homilador O‘zbekiston fuqarosi tergov hibsxonasi sharoitida farzandini to‘liq parvarish qilish imkoniyati cheklanganini bildirib, chaqaloq tug‘ilgach uni O‘zbekistondagi yaqin qarindoshlari qaramog‘iga topshirishda amaliy yordam so‘ragan.

 

Mazkur murojaat nazoratga olinib, farzand dunyoga kelganidan so‘ng O‘zbekistonning Belarus Respublikasidagi diplomatik vakolatxonasi, tegishli davlat organlari hamda MDH Inson huquqlari bo‘yicha komissiyasi hamkorligida zarur huquqiy va konsullik tartib-taomillari amalga oshirilgan.

 

Natijada chaqaloqni O‘zbekistonga qaytarish uchun barcha zarur hujjatlar rasmiylashtirildi. Joriy yil iyul oyida chaqaloq yaqin qarindoshlari qaramog‘iga topshirilib, O‘zbekistonga olib kelindi.

custom img

Buxoro tarixiy hududida cheklov: elektrosamokat va mopedlar harakati taqiqlanadi

Yangi tartib 2026-yil 1-oktyabrdan kuchga kiradi.

custom img

Hindiston va Bangladesh fuqarolarini OTMlarga qabul qilmaslik bo‘yicha ko‘rsatma berildimi?

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tarqalgan xabarlarga oydinlik kiritdi.

custom img

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Ispaniyada Terres oltin mukofotini qo'lga kiritdi

Ben Kingsli ishtirokidagi “Ma’rifat aks-sadosi” — New York Festivals hamda Kann korporativ media va televideniye festivali finalisti.

custom img

“Yashil makon”da sun’iy intellekt qo‘llaniladi: tuproq, iqlim va suv ta’minoti tahlil qilinadi

Prezident ishlar samaradorligini ekilgan ko‘chatlarning bir, uch va besh yildan keyingi holati asosida baholash zarurligini ta’kidladi.

custom img

Vino shishasi va qadoqlangan ziravorlar: Tailanddan O‘zbekistonga narkotik olib kirilishining oldi olindi

13 kgdan ortiq “gashish moyi”ning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

custom img

Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi: O‘zbekistonda 3 hududda sezildi

Tog‘li Badaxshon hududidagi zilzila 4,9 magnitudani tashkil etgan.

custom img

Rossiya, Vetnam va Tailanddagi tajriba: Chirchiqda narkolaboratoriya fosh etildi

Giyohvandlik vositalarini tayyorlash va sotish bilan shug‘ullangan 4 nafar fuqaro ushlandi.

custom img

“Mutlaqo xavfsiz”, “nojo‘ya taʼsiri yo‘q”: Raqobat qo‘mitasi tibbiy xizmatlar reklamasi bo‘yicha ogohlantirdi

Qo‘mita tibbiy xizmatlar reklamasida davolash natijasini kafolatlash, mutlaq xavfsizlikni vaʼda qilish yoki qarshi ko‘rsatmalarni inkor etishga yo‘l qo‘yilmasligini eslatdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"