O'zbekiston

Buxorodagi ko‘p qavatli uyda yuz bergan yong‘in ichidan 3 kishi qutqarildi

Yong‘inning qo‘shni xonadonlarga tarqalish xavfi sabab 7 nafar qo‘shni fuqaro xavfsiz hududga evakuatsiya qilingan.

Buxorodagi ko‘p qavatli uyda yuz bergan yong‘in ichidan 3 kishi qutqarildi

 

Buxoro viloyatining Kogon shahrida joylashgan ko‘p qavatli uylardan birida yuz bergan yong‘in oqibatida 3 nafar fuqaro qutqarildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, 15-iyul kuni soat 03:38 da 112 yagona dispetcherlik xizmatiga Kogon shahri Turon ko‘chasidagi ko‘p qavatli uy xonadonlaridan birida yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar kelib tushgan.

 

Voqea joyiga zudlik bilan yetib borgan FVV qutqaruv bo‘linmalari yong‘inni soat 03:46 da qurshab olgan va soat 04:40 da to‘liq bartaraf etgan.

 

Qutqaruv ishlari davomida yong‘in sodir bo‘lgan xonadondan 3 nafar fuqaro sog‘-salomat olib chiqilgan. Shuningdek, yong‘inning qo‘shni xonadonlarga tarqalish xavfi sabab 7 nafar qo‘shni fuqaro xavfsiz hududga evakuatsiya qilingan.

 

Yong‘in oqibatida xonadonning taxminan 50 kvadrat metr maydonida pol qismi, devorlar va ayrim uy jihozlari zararlangan. Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari natijasida 650 kvadrat metrga yaqin maydon hamda qo‘shni uy-joylar yong‘indan saqlab qolingan.

 

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar qayd etilmagan. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sabablari hamda yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

custom img

Ijtimoiy reyestrdan chiqarish kambag‘allik qisqarganini anglatmaydi — Ijtimoiy himoya agentligi

Agentlik Ijtimoiy reyestrdan fuqarolarni chiqarish bilan bog‘liq holatlarga izoh berdi.

custom img

Sudyalikka nomzodlar uchun yosh talabi 30 yoshga tushirilishi mumkin

Shuningdek, sudyani dastlab besh yil muddatga, keyinchalik muddatsiz tayinlash tartibini joriy etilish taklif qilindi.

custom img

Litsenziyalashdagi huquqbuzarliklar haqida xabar berganlar rag‘batlantiriladi

Ularga undirilgan jarimaning 10 foizi miqdorida mukofot beriladi.

custom img

Qashqadaryo va Jizzaxdagi ikki cho‘qqiga rasmiy nom berildi

O‘zbekistondagi 124 ta tog‘ tizmasi, cho‘qqi, dovon, dara va g‘orning nomlari qayta ko‘rib chiqildi.

custom img

171 nafar fuqaro nomidan foydalanib, 220 mln so‘mlik gaz o‘zlashtirilgan

Qoraqalpog‘iston va Samarqand viloyatida qariyb 370 mln so‘mlik suyultirilgan gazni talon-toroj qilish holatlari aniqlandi.

custom img

Xorijda ota-ona qaramog‘isiz qolgan 11 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi

Ularning 9 nafari Rossiya, 2 nafari Qozog‘istondan olib kelingan.

custom img

Farg‘onada hokimlik lavozimi uchun 210 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi

U fuqaroning ishonchiga kirib, o‘zini O‘zbekiston hakamlik sudi sudyasining yordamchisi sifatida tanishtirgan.

custom img

Toshkentdan Mavrikiyga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar yo‘lga qo‘yiladi

Dastlab dekabr va yanvar oylarida jami to‘rtta reys amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"