Jahon

“Endi mening uyim yo‘q” — Janubiy Koreya prezidenti

Li Chje Myon ko‘chmas mulk bozorini qo‘llab-quvvatlash maqsadida yagona uyini sotib, endi shaxsiy uy-joyi yo‘qligini bildirdi.

“Endi mening uyim yo‘q” — Janubiy Koreya prezidenti

 

Janubiy Koreya prezidenti Li Chje Myon o‘ziga tegishli yagona kvartirani sotganini va endi shaxsiy uy-joyi yo‘qligini ma’lum qildi. Bu haqda u hukumatning uy-joy siyosatiga bag‘ishlangan yig‘ilishda bayonot berdi.

 

Yonhap xabariga ko‘ra, prezident ushbu kvartirani joriy yilning fevral oyida sotuvga qo‘ygan. Ko‘chmas mulk Seul yaqinidagi Seongnam shahrida joylashgan bo‘lib, bitim hukumatning uy-joy bozorini barqarorlashtirish siyosati doirasida amalga oshirilgan.

 

Prezident administratsiyasi dastlabki oldi-sotdi shartnomasi imzolanganini tasdiqlagan. Li Chje Myon va uning turmush o‘rtog‘i Kim Xe Gyong mazkur kvartiraga birgalikda egalik qilgan. Hozirda ular Seulning Xannam-dong tumanidagi rasmiy prezident qarorgohida istiqomat qilmoqda.

 

Janubiy Koreya hukumati ko‘chmas mulk bozoridagi spekulyatsiyalarni kamaytirish hamda uy-joy narxlarini barqarorlashtirish maqsadida foydalanilmayotgan turar joylarni sotishni rag‘batlantirmoqda. Rasmiylar bunday choralar mavjud uy-joy fondini ko‘paytirish va narxlarning sun’iy oshishining oldini olishga xizmat qilishini ta’kidlamoqda.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

“Endi mening uyim yo‘q” — Janubiy Koreya prezidenti | Zamon.uz