Jahon

Eronning sobiq prezidenti Mossad bilan aloqalari uchun hibsga olindi — NYT

Mahmud Ahmadinejodning idorasi esa barcha ayblovlarni inkor etdi.

Eronning sobiq prezidenti Mossad bilan aloqalari uchun hibsga olindi — NYT

 

The New York Times nashri Eronning sobiq prezidenti Mahmud Ahmadinejod Isroilning Mossad razvedka xizmati bilan aloqalarda bo‘lgani gumoni bilan Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IRGC) tomonidan uy qamog‘iga olingani haqida maqola e'lon qildi.

 

Nashrning AQSH, Isroil va Eron rasmiy doiralaridagi anonim manbalarga tayanib yozishicha, Mossad bir necha yil davomida Ahmadinejodni o‘z tomoniga og‘dirishga uringan hamda Eronda hokimiyat almashgan taqdirda uni mamlakatning yangi rahbarlaridan biri sifatida ko‘rgan.

 

Tergovda aytilishicha, ushbu maxfiy operatsiya doirasida Ahmadinejod xorijda Mossad vakillari bilan bir necha bor uchrashgan. Xususan, Budapeshtda o‘sha paytdagi Mossad rahbari David Barnea bilan uchrashuv o‘tkazilgani, Isroil tomoni uning safarlari va yashashi bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirgani da'vo qilingan.

 

Maqolada yana fevral oyida Tehronda sobiq prezident qarorgohiga berilgan zarbalardan so‘ng Ahmadinejod Mossad tomonidan xavfsiz joyga olib chiqilgani, biroq keyinchalik noma'lum sabablar bilan u yerni tark etgani va shundan so‘ng IRGC tomonidan uy qamog‘iga olingani iddao qilinadi.

 

Biroq Mahmud Ahmadinejodning idorasi ushbu ma'lumotlarning barchasini keskin rad etdi. Rasmiy bayonotda The New York Times'ning xabari "mutlaqo yolg‘on", "to‘qib chiqarilgan" va "jamoatchilikni chalg‘itishga qaratilgan" deb baholandi. Shuningdek, sobiq prezident uy qamog‘ida ekani haqidagi xabar ham inkor etildi.

 

Hozircha Eron hukumati Ahmadinejodning hibsga olingani yoki uy qamog‘iga joylashtirilgani yuzasidan rasmiy tasdiq bermagan. Shu sababli NYT keltirgan ma'lumotlar mustaqil manbalar tomonidan to‘liq tasdiqlanmagan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.