Jahon

Infantinoning FIFA prezidentligi xavf ostida

UEFA tarkibidagi qator federatsiyalar Janni Infantinoga qarshi nomzod topish ustida ishlamoqda, biroq FIFA prezidenti hali ham navbatdagi saylov favoritlaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Infantinoning FIFA prezidentligi xavf ostida

 

FIFA prezidenti Janni Infantino 2027-yilda bo‘lib o‘tadigan tashkilot prezidentligi saylovlarida uchinchi muddat uchun nomzodini ilgari surishini ma'lum qilgan bo‘lsa-da, Yevropa futbolida unga qarshi yagona nomzod tayinlash bo‘yicha harakatlar kuchaymoqda. Bu haqda talkSPORT xabar berdi.

 

Nashr ma'lumotiga ko‘ra, UEFAga a'zo bir qator milliy federatsiyalar Infantinoning so‘nggi qarorlari, xususan, 2026-yilgi Jahon chempionati vaqtida yuzaga kelgan bahsli holatlar va FIFA boshqaruvi uslubidan norozi. Shu sabab ular saylovda amaldagi prezidentga jiddiy raqobatchi topishga urinmoqda.

 

Nomzodlar orasida birinchi bo‘lib UEFA prezidenti Aleksander Cheferin tilga olinmoqda. Biroq u hozircha UEFAdagi faoliyatini davom ettirishni afzal ko‘rayotgani va FIFA prezidentligi uchun kurashishni rejalashtirmayotgani aytilmoqda.

 

Yana bir ehtimoliy nomzod sifatida PSJ prezidenti va Yevropa klublari assotsiatsiyasi (ECA) rahbari Nosir Al-Xelayfiy ko‘rsatilmoqda. Biroq manbalarga ko‘ra, u ham FIFA prezidenti bo‘lish niyatida emas.


Agar yuqoridagi ikki nomzod saylovda qatnashmasa, UEFA doiralari Varshavaning "Legiya" klubi prezidenti Daryush Mioduski nomzodini ilgari surishi mumkin. Uning nomzodi Belgiya, Polsha va yana bir qator federatsiyalar tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgani aytilmoqda.

 

Shuningdek, kelajakda FIFA prezidentligiga da'vogar bo‘lishi mumkin bo‘lgan shaxslar qatorida KONKAKAF prezidenti Viktor Montagliani hamda Afrika futbol konfederatsiyasi (CAF) prezidenti Patris Motsepe ham tilga olinmoqda. Ammo talkSPORT ma'lumotiga ko‘ra, ularning hech biri 2027-yilgi saylovda Infantinoga qarshi kurashishi kutilmayapti.

 

Shunga qaramay, ekspertlar Infantinoning imkoniyatlari hanuz yuqori ekanini qayd etmoqda. So‘nggi yillarda u Jahon chempionati ishtirokchilari sonini kengaytirish, FIFA Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatini isloh qilish kabi tashabbuslari orqali Afrika (CAF), Osiyo (AFC) va KONKAKAF konfederatsiyalarining keng qo‘llab-quvvatloviga ega bo‘lgan. Bu esa UEFA tashabbusining muvaffaqiyat qozonishini qiyinlashtirishi mumkin.

 

FIFA nizomiga ko‘ra, prezidentlikka nomzodlarni ko‘rsatish muddati 2027-yil 18-noyabrda yakunlanadi. Saylov ham aynan shu kuni Marokashning Rabot shahrida bo‘lib o‘tadigan FIFA Kongressi doirasida o‘tkaziladi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

Infantinoning FIFA prezidentligi xavf ostida | Zamon.uz