O'zbekiston

Ish haqi kechiktirilsa, xodimga kompensatsiya to‘lanadi

Bu mehnat munosabatlarini soddalashtirish, ularni raqamlashtirish va xodimlar huquqlarini kuchaytirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasida belgilandi.

Ish haqi kechiktirilsa, xodimga kompensatsiya to‘lanadi



Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari mehnat munosabatlarini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasini qabul qilib, Senatga yubordi. Hujjat mehnat munosabatlarini rasmiylashtirishni soddalashtirish, ortiqcha byurokratik to‘siqlarni kamaytirish hamda xodimlarning huquqlarini kuchaytirishni nazarda tutadi.



Qonun loyihasiga ko‘ra, ishga qabul qilishda talab etiladigan hujjatlar ro‘yxati qisqartiriladi. Endilikda fuqaroni ishga qabul qilishda asosan uning shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR) talab etiladi. Harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar esa harbiy guvohnoma yoki harbiy hisobda turganlik haqidagi hujjatni taqdim etadi.



Shuningdek, mehnat munosabatlarini raqamlashtirish doirasida elektron raqamli imzo yoki biometrik identifikatsiya (Face ID) orqali tasdiqlangan hujjatlar yuridik kuchi jihatidan qo‘lda imzolangan hujjatlarga tenglashtiriladi.



Loyihada mehnat jarayonida tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi kurashishga oid normalar ham belgilangan. Unga ko‘ra, bunday holatlarning oldini olish, ularni taqiqlash hamda jabrlangan xodimlarni himoya qilish choralari mustahkamlanmoqda.



Bundan tashqari, ish beruvchi ish haqini belgilangan muddatda to‘lamagan taqdirda, har bir kechiktirilgan kun uchun xodimga pulli kompensatsiya to‘lash tartibi aniqlashtirilmoqda.



Qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilinib, ko‘rib chiqish uchun Senatga yuborildi.

custom img

Avgust oyida Prezident Xalq qabulxonalariga 76 mingdan ortiq murojaat kelib tushdi

Eng ko‘p murojaatlar bola nafaqasi, aliment va gaz ballonlari masalalariga oid bo‘lgan.

custom img

Sirdaryoda ikki IIB xodimi jinoyat sodir etib, qamaldi

Ulardan biriga 5 yil 1 oy, ikkinchisiga esa 6 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

custom img

Birinchi qavatdagi xonadonlardan savdo va servis uchun foydalanishga ruxsat berilishi mumkin

Bunda xonadonlarni noturar joy toifasiga o‘tkazish shart bo‘lmaydi.

custom img

Qishloq tumanlarida ehtiyojmandlarni ishga olgan korxonalar uchun ijtimoiy soliq 2 foiz bo‘ladi

Aholi bandligi va daromadini oshirish bo‘yicha ishlar tanqidiy tahlil qilindi.

custom img

Farg‘onada ikki hamshira pichoqlandi, ulardan biri vafot etdi

Gumonlanuvchi qo‘lga olinib, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

custom img

Ertaga O‘zbekistonda navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o'tkaziladi

Tashabbus atmosferaga zararli tashlamalarni kamaytirish va ekologik barqaror muhitni shakllantirishga qaratilgan.

custom img

Ertadan Toshkentdan Andijonga tezyurar elektropoyezd qatnovi boshlanadi

Yangi elektropoyezd amaldagi poyezd tarkibi o‘rniga harakatlanadi.

custom img

Farg‘onada ikki ayolni Moskvaga fohishalik uchun yubormoqchi bo'lgan shaxs ushlandi

U ayollarga aviachiptalarni o‘z hisobidan olib berishini aytib, keyinchalik ularning daromadining yarmini olishni rejalashtirgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"