O'zbekiston

Jazirama sabab Qashqadaryoda ham yuk mashinalari harakati cheklanadi

Cheklov avtomobil yo‘llari qoplamasini saqlash va ularning muddatidan oldin shikastlanishining oldini olish maqsadida joriy etildi.

Jazirama sabab Qashqadaryoda ham yuk mashinalari harakati cheklanadi

 

Qashqadaryo viloyatida jazirama ob-havo sabab og‘ir yuk avtomobillari harakatiga vaqtinchalik cheklov joriy etildi.

 

Viloyat hokimligining ma’lum qilishicha, havo harorati kunduzi 42–44°C, ayrim hududlarda esa undan ham yuqori darajaga ko‘tarilmoqda. Bunday sharoitda asfaltbeton qoplamasi harorati 70–75°C gacha yetib, yo‘llarning yuk ko‘tarish qobiliyati pasayadi. Natijada og‘ir yuk transporti harakati yo‘l qoplamasida deformatsiyalar va boshqa texnik nuqsonlarni keltirib chiqarishi mumkin.

 

Shu munosabat bilan Qarshi shahri, tuman markazlari hamda ularni bog‘lovchi umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarida og‘ir yuk avtomobillarining harakati har kuni soat 09:00 dan 19:00 gacha vaqtincha cheklanadi.

 

Mas’ullar haydovchilar hamda yuk tashuvchi korxonalardan mazkur cheklovlarga qat’iy amal qilishni va yuk tashish vaqtlarini belgilangan tartib asosida rejalashtirishni so‘radi.

 

Qayd etilishicha, ushbu chora yo‘l infratuzilmasini asrash, harakat xavfsizligini ta’minlash hamda avtomobil yo‘llarining xizmat muddatini uzaytirishga xizmat qiladi.

custom img

Butunjahon tozalik kuni: O‘zbekistonda plogging aksiyasi o‘tkaziladi

Aksiya 19-sentyabr kuni barcha hududlarda bo‘lib o‘tadi.

custom img

202 davlat, 2 mingdan ortiq shaxmatchi: Samarqand bugun shaxmat olamini qarshi oldi

Tashkilotchilar Olimpiadani shaxmat tarixidagi eng yirik musobaqa sifatida qayd etmoqda.

custom img

Vertolyotlar orqali nazorat: 70 kg giyohvandlik o‘simliklari yo‘q qilindi

Tadbir davomida Andijon, Samarqand va Buxoro viloyatlarida marixuana saqlash hamda kannabis yetishtirish bilan bog‘liq bir nechta holat aniqlandi.

custom img

Toshkent avtobuslarida rekord: bir kunda 1,5 mln yo‘lovchi

Toshkentda 170 ta avtobus yo‘nalishi mavjud.

custom img

O‘zbekiston Prezidentining Koreya Respublikasiga davlat tashrifi yakunlandi

Aeroportda Prezident va rafiqasini Koreya Respublikasi ichki ishlar va xavfsizlik vaziri Yun Xo Chjun hamda boshqa rasmiylar kuzatib qo‘ydi.

custom img

Buxorodagi reydda 211 ta jarimasi bor mashina topildi

Haydovchining 137 mln so‘mlik maʼmuriy jarimasi bo‘lgan.

custom img

“Madaniy merosning millati bo‘lmaydi”: Agentlik Alisher Qodirovning bayonotiga javob berdi

Madaniy meros agentligi Bobur ko‘chasidagi obyektning tarixiy qiymatini ta’kidlab, uni saqlash masalasida qonun va ekspertizaga tayanilishini bildirdi.

custom img

Andijonda 900 xil dori vositalari yo‘q qilindi

Maʼlum bo‘lishicha, ular belgilangan talablarga javob bermaydi va isteʼmolga yaroqsiz hisoblanadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"