O'zbekiston

Mustaqil izlanuvchilikka qabul: PhD va DSc uchun qabul boshlandi

PhD va DSc uchun hujjat topshiruvchilarga ilmiy maqolalar, tezislar hamda suhbatdan o‘tish talablari belgilangan.

Mustaqil izlanuvchilikka qabul: PhD va DSc uchun qabul boshlandi

 

15-iyuldan oliy ta’limdan keyingi ta’limning mustaqil izlanuvchilik shakliga hujjatlar qabuli boshlandi.

 

Innovatsion rivojlanish agentligi ma’lum qilishicha, talabgorlar falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajalarini olish uchun belgilangan tartibda hujjat topshirishlari mumkin.

 

Mustaqil izlanuvchilik ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ilmiy faoliyat olib borish hamda ilmiy daraja olish imkonini beruvchi oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli hisoblanadi.

 

PhD ilmiy darajasiga da’vogarlar magistr diplomiga ega bo‘lishi, kamida bitta ilmiy maqola va tegishli yo‘nalish bo‘yicha kamida ikkita ilmiy tezis e’lon qilgan bo‘lishi hamda suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tishi lozim.

 

DSc ilmiy darajasiga hujjat topshiruvchilar esa PhD yoki unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega bo‘lishi, ilmiy darajani olganidan so‘ng kamida uchta ilmiy maqola va kamida ikkita ilmiy tezis chop ettirgan bo‘lishi, suhbatdan o‘tishi hamda doktorlik dissertatsiyasi rejasining batafsil loyihasini taqdim etishi talab etiladi.

 

Qabul jarayoni raqamli platformalar orqali amalga oshiriladi. Ayrim hujjatlar my.gov.uz tizimi orqali avtomatik shakllantiriladi, qolgan zarur hujjatlar esa daraja.ilmiy.uz platformasiga elektron shaklda yuklanadi.

 

Mutaxassislar ilmiy faoliyatni davom ettirishni rejalashtirayotgan talabgorlarga hujjatlarni belgilangan muddatlarda topshirish va qabul talablari bilan oldindan batafsil tanishib chiqishni tavsiya etmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.