O'zbekiston

Namanganda noqonuniy qurilmalar buzib tashlanmoqda

Xususan, Yangi Namangan tumanida 7 nafar fuqaroning tegishli ruxsatnomasiz qurilgan qurilmasi MIB tomonidan buzildi.

Namanganda noqonuniy qurilmalar buzib tashlanmoqda

Yangi Namangan tumanida sud qarorining ijrosini taʼminlash maqsadida Majburiy ijro byurosi tomonidan qonunchilik talablari asosida majburiy ijro harakatlari amalga oshirilmoqda.

 

Xususan, Yangi Namangan tumani "Mustaqillikning 5 yilligi" mahallasi hududida masʼuliyati cheklangan jamiyatga tegishli yer maydonida 7 nafar fuqaro tomonidan tegishli ruxsatnomalarsiz uy-joylar qurilganligi yuzasidan sudga daʼvo arizasi kiritilgan.

 

Fuqarolik ishlari bo‘yicha sud tomonidan ish atroflicha ko‘rib chiqilib, noqonuniy qurilmalarni buzdirish haqida qaror qabul qilingan. Ushbu sud hujjati qonuniy kuchga kirgach, ijro hujjatlari Majburiy ijro byurosi Yangi Namangan tuman bo‘limiga yuborilgan.

 

Ijro ishi qo‘zg‘atilganidan so‘ng qarzdorlarga sud qarorini ixtiyoriy ravishda belgilangan muddatda bajarish uchun imkoniyat yaratilgan.

 

Biroq ixtiyoriy ijro muddati davomida sud qarorining talablari bajarilmaganligi sababli davlat ijrochilari tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda majburiy ijro harakatlariga kirishilgan.

 

Bugungi kunda olib borilayotgan ijro tadbirlari davomida sud qarorining ijrosini taʼminlash maqsadida noqonuniy qurilmalarni buzdirish ishlari amalga oshirilmoqda.




custom img

Diplomatiyaga qabul tartibi qayta ko‘rib chiqiladi

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirining maʼlum qilishicha, bu yil diplomatiya yo‘nalishida 550 ta o‘rin uchun 3 200 nafar abituriyent 189 ball to‘plagan.

custom img

Toshkentda internet-narkomagazinida “zakladchik” bo‘lib ishlagan talabalar ushlandi

Tezkor tadbirlarda 14 nafar shaxs qo‘lga olinib, ulardan 2,5 kg alfa-PVP protsessual tartibda musodara qilindi.

custom img

Sirdaryoda obodonlashtirish boshqarmasi mas’ullari 1 mlrd so‘mni talon-toroj qildi

Ular amalda ishlamagan fuqarolarga ish haqi hisoblab, byudjet mablag‘larini o‘zlashtirgan.

custom img

Tez yordam mashinasiga yo‘l bermagan BYD haydovchisiga chora ko‘rildi

Haydovchi signalni avtomobil oynalari yopiq, konditsioner va musiqa yoqilgani sababli eshitmaganini ma’lum qilgan.

custom img

O‘zbekiston Prezidentining Serbiyaga rasmiy tashrifi yakunlandi

Aeroportda oliy martabali mehmonlarni Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchich va rafiqasi kuzatib qo‘ydi.

custom img

O‘zbekiston Birinchi xonimi Serbiyaning madaniy merosi bilan tanishdi

Muloqot chog‘ida Ziroat Mirziyoyeva va Tamara Vuchich O‘zbekiston va Serbiya o‘rtasidagi madaniy-gumanitar aloqalarni yanada rivojlantirish muhimligini ta’kidladilar.

custom img

Belgrad ko‘chalaridan biriga “Toshkent” nomi berildi

“Toshkent” ko‘chasi ikki xalq do‘stligini mustahkamlashga qat’iy intilishning yorqin ramziga aylanishiga ishonch bildirildi.

custom img

O‘zbekiston Prezidenti Serbiya Respublikasi ordeni bilan taqdirlandi

Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Shavkat Mirziyoyevga mamlakatning oliy davlat mukofotini topshirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"