Jahon

Netanyaxuning AQShga borishi kutilmoqda

Tashrif davomida Donald Tramp bilan uchrashuv o‘tkazilishi ehtimoli ham ko‘rib chiqilmoqda.

Netanyaxuning AQShga borishi kutilmoqda

 

Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu 18-iyul kuni AQShga tashrif buyurishi kutilmoqda. Bu haqda Reuters agentligi Isroildagi yuqori lavozimli manbaga tayanib xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, Netanyaxuning AQShga safari 18-iyul sanasiga rejalashtirilgan. Biroq mazkur tashrif yuzasidan Isroil yoki AQSh rasmiylari tomonidan hozircha rasmiy tasdiq berilmagan.

 

Shuningdek, Ynet nashri ham ushbu ma’lumotni tasdiqlab, Netanyaxu AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashishi mumkinligini yozgan. Nashrga ko‘ra, tashrifning asosiy sababi sifatida AQSh senatori Lindsi Gremning dafn marosimida ishtirok etish ko‘rsatilmoqda.

 

Biroq Ynetning keyingi xabarida ta’kidlanishicha, Netanyaxu va Tramp o‘rtasidagi uchrashuv hozircha rasman rejalashtirilmagan, ammo u safar davomida yoki kelasi hafta boshida o‘tkazilishi ehtimoli mavjud.

 

Eslatib o‘tamiz, iyun oyida Eron masalasi bo‘yicha qarashlar sabab Donald Tramp va Benyamin Netanyaxu o‘rtasida ayrim kelishmovchiliklar yuzaga kelgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Keyinchalik Eron atrofidagi vaziyat keskinlashganidan so‘ng, AQSh ma’muriyati Isroildan mojaroning yanada kengayishiga yo‘l qo‘ymaslikni so‘ragani ham ma’lum qilingan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Netanyaxuning AQShga borishi kutilmoqda | Zamon.uz