O'zbekiston

O‘zbekiston AI-95 benzini narxi bo‘yicha Markaziy Osiyoda birinchi o‘rinda

Biroq uning narxi hali ham jahon o‘rtacha ko‘rsatkichidan 8,7 foiz past.

O‘zbekiston AI-95 benzini narxi bo‘yicha Markaziy Osiyoda birinchi o‘rinda

 

O‘zbekistonda AI-95 markali benzin narxi Markaziy Osiyo davlatlari orasida eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etdi.

 

Ranking.kz nashri GlobalPetrolPrices platformasining 2026-yil 6-iyul holatiga oid ma’lumotlariga tayanib xabar berishicha, O‘zbekistonda AI-95 benzinining bir litri 1,342 AQSH dollarini tashkil etmoqda. Bu Markaziy Osiyo mamlakatlari orasidagi eng yuqori narx hisoblanadi.

 

Taqqoslash uchun, AI-95 benzinining bir litri:

  • Qirg‘izistonda — 1,016 dollar,

  • Qozog‘istonda — 0,687 dollar,

  • Turkmanistonda — 0,428 dollarni tashkil etadi.

 

Shuningdek, mazkur yoqilg‘i narxi Rossiyada 0,943 dollar, AQSHda 1,094 dollar, Xitoyda esa 1,136 dollar etib qayd etilgan.

 

Shu bilan birga, O‘zbekistonda AI-95 benzini mintaqadagi eng qimmat bo‘lishiga qaramay, uning narxi jahon o‘rtacha ko‘rsatkichidan 8,7 foiz past. Hozirda dunyo bo‘yicha AI-95 benzinining o‘rtacha narxi 1,47 AQSH dollarini tashkil etadi.

 

Tadqiqotga ko‘ra, dunyoda eng arzon AI-95 benzini Liviya (0,023 dollar/litr), Eron (0,029 dollar/litr) va Venesuelada (0,035 dollar/litr) sotilmoqda.

 

Eng qimmat AI-95 benzini esa Gonkongda qayd etilgan bo‘lib, u yerda bir litr yoqilg‘i 4,06 AQSH dollaridan sotilmoqda. Shuningdek, Malavi, Daniya, Isroil, Niderlandiya va Finlyandiya ham benzin narxi eng yuqori bo‘lgan davlatlar qatoridan joy olgan.

custom img

5 milliard so‘mlik zarar: xalqaro qidiruvdagi shaxs Turkiyada qo‘lga olindi

Mazkur shaxs ajratilgan kredit mablag‘larini o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilganlikda gumon qilinmoqda.

custom img

Banklarda 461 mlrd so‘mlik firibgarlikning oldi olindi: 18 milliondan ortiq operatsiya cheklandi

O‘zbekistonda 2026-yilning dastlabki 6 oyida zararli dastur aniqlangani sabab 1,28 millionta qurilmada bank ilovalaridan foydalanish cheklangan.

custom img

Angrenda bemor “probasiz” ukol ortidan komaga tushdimi? Holat yuzasidan tekshiruv boshlandi

Tekshiruv yakunlari asosida holatga huquqiy va tibbiy jihatdan baho berilishi ma’lum qilindi.

custom img

«Chiqarilgan hukmdan ozgina noroziman»: tayinlangan jazo yuzasidan sud munosabat bildirdi

Toshkent shahar sudi YPX inspektori o‘limiga sababchi bo‘lgan sudlanuvchiga 2,4 yillik jazo berilgani yuzasidan izoh berdi.

custom img

"Yil o‘qituvchisi" tanlovi: Qoraqalpog‘istonlik pedagog 50 ming dollar mukofotni qo‘lga kiritdi

Respublika bo‘yicha 208 nafar, Qoraqalpog‘istondan esa 17 nafar o‘qituvchi ushbu tanlovda g‘olib deb topildi.

custom img

Toshkent osmonida yorqin obyekt kuzatildi: mutaxassislar dastlabki xulosani berdi

Toshkent osmonida kuzatilgan yorqin obyekt meteor yoki bolid emasligi aytildi. Hodisa Xitoydan uchirilgan raketa bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

custom img

616 mln so‘mlik mukofot: “Yil o‘qituvchisi” g‘oliblari aniqlandi

Tanlovda 46 mingdan ortiq pedagog ishtirok etdi. G‘oliblar uch bosqichda saralandi.

custom img

17 yoshli o‘quvchi gashish bilan ushlandi: jo‘natma Rossiyadan yuborilgan

Giyohvandlik vositalari konserva qutisiga yashirilgan bo‘lgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"