Sirdaryoda MIB orqali qidiruvdagi mashina topildi
Fuqaro bankdan kredit olishda uni garovga qo‘ygan va keyinchalik uni yashirgan.

Qarzdor fuqarodan ATB «Kapitalbank» foydasiga 72 million so‘m miqdoridagi kredit qarzdorligini undirish to‘g‘risidagi sud qarori ijrosi Majburiy ijro byurosining Sirdaryo viloyati boshqarmasi tomonidan taʼminlanmoqda.
Ijro harakatlari davomida qarzdor tomonidan garov mulki hisoblangan “Nexia” rusumli avtomashina yashirilganligi aniqlanib, unga nisbatan qidiruv eʼlon qilindi.
Olib borilgan qidiruv tadbirlari natijasida mazkur avtomashina aniqlanib, belgilangan tartibda jarima maydoniga joylashtirildi.
Ayni vaqtda avtomashinani auksion savdosiga chiqarish hamda tushgan mablag‘lar hisobidan sud qarori ijrosini taʼminlash choralari ko‘rilmoqda.







