O'zbekiston

Toshkentda qariyb 3,2 kilogramm giyohvandlik vositalari musodara qilindi

Tezkor tadbirlar davomida geroin, gashish, opiy va mefedron musodara qilinib, bir necha shaxs qo‘lga olingan.

Toshkentda qariyb 3,2 kilogramm giyohvandlik vositalari musodara qilindi

 

Toshkent shahrida qariyb 3,2 kilogramm giyohvandlik vositalari noqonuniy muomaladan chiqarildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, Bektemir tumanida harakatlanayotgan "Gentra" rusumli avtomobil to‘xtatilib tekshirilgan. Unda Yashnobod tumanida yashovchi, 1998-yilda tug‘ilgan ikki nafar fuqaro ketayotgani aniqlangan. Avtomobil salonidan bir nechta zip-paketlarga qadoqlangan kukunsimon moddalar topilgan.

 

Tezkor tadbir davom ettirilib, gumonlanuvchilar yashirib qo‘ygan xufiya joy hamda ijaraga olingan xonadon ko‘zdan kechirilgan. U yerdan ham kukunsimon moddalar, elektron tarozilar va giyohvandlik vositalarini qadoqlashda foydalanilgan buyumlar aniqlangan.

 

Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, musodara qilingan moddalar 1,2 kilogramm geroin va 100 gramm mefedron ekani tasdiqlangan. Aniqlanishicha, ushbu ikki fuqaro avval ham giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyatlar uchun sudlangan.

 

Ikkinchi holatda esa Shayxontohur tumanida yashovchi, 1982-yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan fuqaroning xonadonidan 47 gramm gashish va 34 gramm opiy topilgan.

 

Tezkor tadbir davomida uni giyohvandlik vositalari bilan ta’minlab kelgan Olmazor tumanida yashovchi 1980 va 1985-yillarda tug‘ilgan ikki nafar fuqaro ham qo‘lga olingan. Ularning avtomobillari va yashash manzillari ko‘zdan kechirilganda 1,8 kilogramm gashish hamda 12 gramm opiy musodara qilingan.

 

Hozirda har ikki holat yuzasidan gumonlanuvchilarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkentda qariyb 3,2 kilogramm giyohvandlik vositalari musodara qilindi | Zamon.uz