O'zbekiston

Toshkentda qarzdor MCHJning 4 ta mashinasi xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, korxonaning 4,9 milliard so‘mlik qarzdorligi mavjud bo‘lib, uni ixtiyoriy muddatda bartaraf etmagan.

Toshkentda qarzdor MCHJning 4 ta mashinasi xatlandi

Majburiy ijro byurosining Yunusobod tuman bo‘limi ish yurituvida Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan berilgan ijro hujjatlariga asosan qarzdor MCHJdan bir nechta undiruvchilar foydasiga jami 4 915 324 674,98 so‘m qarzdorlikni undirish bilan bog‘liq ijro ishlari yuritilmoqda.

 

Ijro hujjatlari qonunchilikda belgilangan tartibda ijroga qabul qilinib, qarzdorga qarzdorlikni ixtiyoriy ravishda qoplash uchun 15 kunlik muddat berilgan. Biroq belgilangan muddatda sud qarorlari ixtiyoriy tartibda bajarilmagan.

 

Majburiy ijro harakatlariga kirishilib, Qonunning 21-moddasi talablariga asosan qarzdor korxonaning bank hisob raqamlari, avtotransport vositalari va ko‘chmas mulklariga nisbatan taqiq choralari o‘rnatilgan.

 

Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida 2026 yil 3 iyul kuni xolislar ishtirokida qarzdorga tegishli bo‘lgan «GAZ 330232-244» hamda “Nexia” rusumli transport vositalari qatorida jami 4 ta avtotransport vositasi belgilangan tartibda xatlandi.

 

Ayni paytda xatlangan mol-mulklarni qonunchilik talablariga muvofiq baholash va elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish orqali undiruvchilarning qonuniy manfaatlarini taʼminlash choralari ko‘rilmoqda.

custom img

Tracker rulida 5-sinf o‘quvchisi: Farg‘onada ota javobgarlikka tortildi

Voyaga yetmagan bolaning avtomobil boshqarayotgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

custom img

42 ta sertifikat evaziga 2,1 mln so‘m: Surxondaryoda bo‘lim boshlig‘i pora bilan ushlandi

Sanitariya bo‘limi boshlig‘i maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbariga 42 nafar xodimga sanitariya sertifikatlari berilishini vaʼda qilib, pul talab qilgan.

custom img

Kuzovni ko‘tarish qimmatga tushdi: Qashqadaryodan Samarqandga elektr uzatuvchi tarmoq o‘chdi

Uning o‘chishi Buxoro viloyatidagi shamol elektr stansiyalarining ishlab chiqarish quvvatiga ham taʼsir ko‘rsatgan.

custom img

Peshona suyagini yemirgan o‘simta: 21 yoshli ayolning yuzi 3D implant bilan tiklandi

Olti oy davomida bosh og‘rig‘i va ko‘ngil aynishidan aziyat chekkan ayolda peshona suyagini yemirib borgan o‘sma aniqlandi.

custom img

Ish joyidagi tazyiq va zo‘ravonlik: yangi portal ishga tushiriladi

O‘zbekistonda ish joylarida xavfsiz va hurmatga asoslangan muhit yaratishga qaratilgan yangi dastur amalga oshiriladi.

custom img

O‘quvchilar eshakda maktabga qatnamoqda: MMTB izoh berdi

Mutasaddi tashkilotlar o‘quvchilarning maktabga xavfsiz va qulay qatnovini taʼminlash hamda yo‘l infratuzilmasini yaxshilash choralarini ko‘rib chiqmoqda.

custom img

1,3 gektarlik hududda avtoturargoh: Milliy kutubxona ortidagi loyiha maʼlum qilindi

Toshkentdagi Milliy kutubxona ortidagi hududda davlat-xususiy sheriklik asosida pulli avtoturargoh va jamoat makoni tashkil etish rejalashtirilmoqda.

custom img

Buxoro tarixiy hududida cheklov: elektrosamokat va mopedlar harakati taqiqlanadi

Yangi tartib 2026-yil 1-oktyabrdan kuchga kiradi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"