O'zbekiston

Toshkentda soliq qarzi tufayli avtomashina xatlandi

Aniqlanishicha, qarzdor korxona 181 million 855 ming so‘m miqdoridagi soliq qarzdorligini uzoq vaqt davomida to‘lamagan.

Toshkentda soliq qarzi tufayli avtomashina xatlandi

MIBning Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi tomonidan yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish doirasida soliq qarzdorligini ixtiyoriy ravishda to‘lamagan qarzdor korxonaga nisbatan majburiy ijro harakatlari olib borilgan.

 

Aniqlanishicha, qarzdor korxona 181 million 855 ming so‘m miqdoridagi soliq qarzdorligini uzoq vaqt davomida to‘lamagan. Belgilangan muddatlarda qarzdorlik bartaraf etilmagani sababli davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga tegishli avtotransport vositasi qonunchilikda belgilangan tartibda xatlandi.

 

Hozirda mazkur avtotransport vositasini elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish ishlari amalga oshirilmoqda. Ushbu jarayondan tushadigan mablag‘ soliq qarzdorligini qoplashga yo‘naltiriladi.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"