Jahon

Ukraina hukumati iste’foga chiqdi

Oliy Rada Yuliya Svyrydenkoni bosh vazir lavozimidan ozod qildi.

Ukraina hukumati iste’foga chiqdi

 

Ukraina Oliy Radasi Bosh vazir Yuliya Svyrydenkoni lavozimidan ozod qilish to‘g‘risidagi qarorni ma’qulladi. Natijada mamlakat Vazirlar Mahkamasi to‘liq tarkibda iste’foga chiqdi.

 

Mahalliy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur qarorni 258 nafar deputat qo‘llab-quvvatlagan.

 

Hukumatning yangi tarkibi shakllantirilgunga qadar Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari va energetika vaziri Denis Shmyhal hukumat rahbari vazifasini vaqtincha bajaradi. Yangi bosh vazirni 16-iyul kuni tasdiqlash rejalashtirilgan.

 

Prezident Vladimir Zelenskiy avvalroq mamlakat siyosiy strategiyasini yangilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi tarkibini o‘zgartirish zarurligini ma’lum qilgan edi. Uning ta’kidlashicha, kadrlar almashinuvi davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish va tashqi siyosatning ustuvor yo‘nalishlarini kuchaytirishga xizmat qiladi.

 

Davlat rahbari Yuliya Svyrydenkoga bosh vazir sifatidagi faoliyati uchun minnatdorlik bildirib, uni Ukraina uchun muhim bo‘lgan yangi yo‘nalishlardan biriga rahbarlik qilishga taklif etganini ham ma’lum qilgan.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.