O'zbekiston

Zangiotada ko‘p qavatli binodan o‘zini tashlamoqchi bo‘lgan fuqaro qutqarib qolindi

Fuqaroning ruhiy-asab kasalliklari dispanserida ro‘yxatda turishi aniqlanib, uni ixtisoslashtirilgan tibbiy muassasaga yuborish choralari ko‘rilgan.

Zangiotada ko‘p qavatli binodan o‘zini tashlamoqchi bo‘lgan fuqaro qutqarib qolindi

Toshkent viloyatining Zangiota tumanida ko‘p qavatli savdo majmuasi tomidan o‘zini tashlamoqchi bo‘lgan 36 yoshli fuqaro IIB xodimlarini tomonidan qutqarib qolindi. Bu haqda IIBB matbuot kotibi xabar berdi.

 

Ijtimoiy tarmoqlarda fuqaroning ko‘p qavatli binodan o‘zini tashlamoqchi bo‘lgani aks etgan videolar tarqaldi.

 

Ma’lum qilinishicha, hodisa 14-iyul kuni soat 22:20 atrofida Toshkent viloyatining Zangiota tumanidagi ko‘p qavatli savdo majmuasining 10-qavatida sodir bo‘lgan.

 

Voqea joyiga tuman Ichki ishlar bo‘limi, prokuratura hamda Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari yetib borib, fuqaroni savdo majmuasining 10-qavatidan sog‘-salomat va jarohatlarsiz olib tushgan.

 

Aniqlanishicha, fuqaro Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani “Chambil” mahallasida yashovchi, 36 yoshli Y.Y. bo‘lib, u ruhiy-asab kasalliklari dispanserida ro‘yxatda turadi.

 

Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan va fuqaroni ixtisoslashtirilgan tibbiy muassasaga yuborish choralari ko‘rilgan.

Prezident V yozgi Paraosiyo o‘yinlari g‘oliblari va ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi

Prezident V yozgi Paraosiyo o‘yinlari g‘oliblari va ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev sportchilarning ota-onalari va murabbiylariga ham minnatdorlik bildirdi.

Maqsadli qabul imtihonlari: talabgorlar uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

Maqsadli qabul imtihonlari: talabgorlar uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

Xorijiy va nodavlat OTMlarga maqsadli qabul uchun ajratilgan jami 1652 ta kvota doirasidagi test sinovlari 28-oktyabr kuni o‘tkaziladi.

145 medal, tarixiy natija: O‘zbekiston paralimpiyachilari kuchli uchlikda

145 medal, tarixiy natija: O‘zbekiston paralimpiyachilari kuchli uchlikda

Bu delegatsiya tarixidagi eng yaxshi natija bo‘ldi.

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eronning xorijdagi elchixonalari Samarqandning tarixiy-madaniy merosini fors sivilizatsiyasiga bog‘lovchi postlar e’lon qilgandi.

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev jinoyatlarning oldini olish, kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish va fuqarolarning ichki ishlar organlariga ishonchini mustahkamlash ustuvor vazifalar ekanini ta’kidladi.

Toshkent havosi ifloslanmoqda: ko‘chalarga suv purkash ishlari kuchaytirildi

Toshkent havosi ifloslanmoqda: ko‘chalarga suv purkash ishlari kuchaytirildi

Ushbu jarayonga qariyb 100 ta maxsus texnika jalb qilingan.

54,8 trln so‘m undirildi: MIB o‘tgan yilgi natijadan 14,4 trln so‘mga oshdi

54,8 trln so‘m undirildi: MIB o‘tgan yilgi natijadan 14,4 trln so‘mga oshdi

Mablag‘larning asosiy qismi davlat foydasiga yo‘naltirildi.

Uyatli so‘zlar va tarqalgan video: Qo‘qonda erkak 10 sutkaga qamaldi

Uyatli so‘zlar va tarqalgan video: Qo‘qonda erkak 10 sutkaga qamaldi

Jamoat joyida yurish-turish qoidalarini buzgan erkak jazolandi.