O'zbekiston

Afg‘oniston vazirligi O‘zbekiston haqidagi bahsli bayonotlarni rad etdi — TIV

Avvalroq fazilatlarni targ‘ib qilish va yomonliklarning oldini olish vazirining O‘zbekistonda Islom faqat nomigagina qolganini aytgani haqida xabar tarqalgandi.

Afg‘oniston vazirligi O‘zbekiston haqidagi bahsli bayonotlarni rad etdi — TIV

Ayrim ommaviy axborot vositalarida Afg‘onistonning fazilatlarni targ‘ib qilish va yomonliklarning oldini olish vaziri Xolid Hanafi Paktia viloyatiga safari chog‘ida O‘zbekistonning Samarqand, Buxoro va Termiz shaharlarida Islom faqat nomigagina qolganini aytgani haqida xabar tarqalgan edi. 

 

Mazkur xabarlar ortidan O‘zbekistonning Afg‘onistondagi elchixonasi holatni o‘rganib chiqdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.

 

Elchixona ma’lum qilishicha, 16 iyul kuni Kobuldagi diplomatik vakolatxonaga Afg‘onistonning Fazilatlarni targ‘ib qilish va yomonliklarning oldini olish vazirligidan rasmiy rad etish xati kelib tushgan. Unda ayrim doiralar va ommaviy axborot vositalari ikki qardosh davlat o‘rtasidagi ishonch va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlariga putur yetkazish maqsadida faktlarni buzib talqin qilayotgani bildirilgan. 

 

Bayonotda O‘zbekiston islom olamining ko‘plab buyuk allomalari, jumladan Imom Buxoriyning vatani ekani qayd etilib, Afg‘oniston va O‘zbekistonni chuqur diniy, tarixiy, madaniy hamda xalqlar o‘rtasidagi mushtarak rishtalar bog‘lab turishi ta’kidlangan. 

 

Shuningdek, O‘zbekiston haqida salbiy mazmunda talqin qilingan bayonotlar haqiqatga mutlaqo to‘g‘ri kelmasligi, bunday da’volar qat’iyan rad etilishi va ular faktlarni buzib ko‘rsatish ekani qayd etilgan. 

 

Vazirlik Afg‘oniston va O‘zbekiston o‘rtasidagi birodarlik, o‘zaro hurmat va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari bundan buyon ham mustahkamlanishiga ishonch bildirgan.

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eronning xorijdagi elchixonalari Samarqandning tarixiy-madaniy merosini fors sivilizatsiyasiga bog‘lovchi postlar e’lon qilgandi.

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev jinoyatlarning oldini olish, kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish va fuqarolarning ichki ishlar organlariga ishonchini mustahkamlash ustuvor vazifalar ekanini ta’kidladi.

Toshkent havosi ifloslanmoqda: ko‘chalarga suv purkash ishlari kuchaytirildi

Toshkent havosi ifloslanmoqda: ko‘chalarga suv purkash ishlari kuchaytirildi

Ushbu jarayonga qariyb 100 ta maxsus texnika jalb qilingan.

54,8 trln so‘m undirildi: MIB o‘tgan yilgi natijadan 14,4 trln so‘mga oshdi

54,8 trln so‘m undirildi: MIB o‘tgan yilgi natijadan 14,4 trln so‘mga oshdi

Mablag‘larning asosiy qismi davlat foydasiga yo‘naltirildi.

Uyatli so‘zlar va tarqalgan video: Qo‘qonda erkak 10 sutkaga qamaldi

Uyatli so‘zlar va tarqalgan video: Qo‘qonda erkak 10 sutkaga qamaldi

Jamoat joyida yurish-turish qoidalarini buzgan erkak jazolandi.

Uchtepadagi xonadonda yong‘in chiqdi: bir kishi halok bo‘ldi

Uchtepadagi xonadonda yong‘in chiqdi: bir kishi halok bo‘ldi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Milliy sertifikat imtihonida qaysi alifbodan foydalaniladi? Agentlik izoh berdi

Milliy sertifikat imtihonida qaysi alifbodan foydalaniladi? Agentlik izoh berdi

Imtihonlar 24–26-oktyabr kunlari barcha hududlarda bo‘lib o‘tadi.

Tadbirkorga bosim va 65 mln so‘mlik talab: hokim o‘rinbosariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Tadbirkorga bosim va 65 mln so‘mlik talab: hokim o‘rinbosariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

U tadbirkordan uyiga quvvatli quyosh panellarini o‘rnatib berishni talab qilgan.