Jahon

Donald Tramp jinsiy zo‘ravonlik va tuhmat ishi bo‘yicha 5 million dollar tovon puli to‘ladi

Trampning apellyatsiya doirasidagi e’tirozlari rad etilib, sud qarori bilan yozuvchi va jurnalist Elizabet Kerrollning yuridik firmasiga mablag‘ o‘tkazildi.

Donald Tramp jinsiy zo‘ravonlik va tuhmat ishi bo‘yicha 5 million dollar tovon puli to‘ladi

 

Donald Tramp yozuvchi va jurnalist Elizabet Jin Kerrollga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik va tuhmat ishi bo‘yicha sud qaroriga muvofiq 5 million dollardan ortiq tovon pulini to‘ladi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, Trampning apellyatsiya jarayonlari doirasidagi e’tirozlariga qaramay, federal sudya sud nazoratidagi hisobvaraqdan mablag‘ni Kerrollning yuridik firmasiga o‘tkazishga ruxsat bergan.

 

Eslatib o‘tamiz, 2023-yilda sud hay’ati Trampni Elizabet Jin Kerrollga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik va tuhmat bo‘yicha fuqarolik ishida javobgar deb topib, 5 million dollar tovon to‘lashga hukm qilgan edi. Biroq sud Trampni zo‘rlash aybi bo‘yicha javobgar deb topmagan.

 

Keyinchalik Kerroll Trampga qarshi boshqa fuqarolik da’volarida ham g‘alaba qozongan. Natijada uning foydasiga chiqarilgan sud qarorlarining umumiy qiymati 88,3 million dollarni tashkil etgan.

 

Donald Tramp barcha ayblovlarni rad etib, Kerrollning da’volarini asossiz va siyosiy tusdagi huquqiy bosim deb baholagan. U yozuvchini tanimasligini, ayblovlar esa kitob savdosini oshirish maqsadida o‘ylab topilganini ta’kidlab kelmoqda.

 

Elizabet Jin Kerroll esa olgan mablag‘ni avval pensiya jamg‘armasiga yo‘naltirish, keyinchalik uning bir qismini xayriya ishlari uchun sarflashni rejalashtirayotganini ma’lum qilgan.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.