O'zbekiston

Endilikda fuqarolar o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari va telefon raqamlarini onlayn boshqara oladi

My.gov.uz portalida bank kartalarini bloklash, foydalanilmayotgan SIM-kartalarni o‘chirish va pullik xizmatlarni tekshirish imkoniyati yaratiladi.

Endilikda fuqarolar o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari va telefon raqamlarini onlayn boshqara oladi

 

O‘zbekistonda 2026-yil 1-oktyabrdan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali ko‘rsatiladigan xizmatlar soni kengaytiriladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

 

Qabul qilingan qarorga muvofiq, fuqarolar va yuridik shaxslar portal orqali o‘z nomiga rasmiylashtirilgan telefon raqamlari va bank kartalari haqida ma’lumot olish, shuningdek ularni boshqarish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

 

Yangi xizmatlar doirasida fuqarolar:

  • o‘z nomiga rasmiylashtirilgan va foydalanilayotgan telefon raqamlari hamda bank kartalari to‘g‘risida ma’lumot olishi;

  • telefon raqamini ma’lum muddatga vaqtincha nofaol holatga o‘tkazish yoki qayta faollashtirish;

  • foydalanmayotgan SIM-kartalarga xizmat ko‘rsatishni to‘xtatish bo‘yicha ariza yuborishi;

  • telefon raqamiga ulangan pullik xizmatlar haqida ma’lumot olishi;

  • bank kartalarini bloklash (yopish) yuzasidan emitent bankka elektron ariza yuborishi mumkin bo‘ladi.

 

Bundan tashqari, portal orqali fuqarolarga o‘z nomiga yangi notarial harakat rasmiylashtirilgani haqida avtomatik xabarnoma yuboriladi hamda ushbu ma’lumotlarning elektron hisobi yuritiladi.

 

Shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslar my.gov.uz orqali o‘zlariga tegishli ko‘chmas mulk va avtotransport vositalarini garov yoki ipotekaga qo‘yish, ularni begonalashtirishni taqiqlash yoki mazkur taqiqni bekor qilish bo‘yicha ham murojaat yuborish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.