O'zbekiston

Eng faol 200 ta mahallaga 2 milliard so‘mdan mukofot beriladi

Yangi tashabbuslar hisobiga mahallalar budjetiga tushum joriy yilda 1,6 trillion so‘mga, kelasi yildan esa 2 trillion so‘mga yetkaziladi.

Eng faol 200 ta mahallaga 2 milliard so‘mdan mukofot beriladi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida mahallalar budjetini mustahkamlashga qaratilgan yangi tashabbuslar e’lon qilindi.

 

Qayd etilishicha, joriy yilda mahallalar budjetida 600 milliard so‘m mablag‘ qolishi rejalashtirilgan edi.

 

Xususan, iyun oyidagi Prezident farmoniga muvofiq, mahallalarda qoladigan yer va mol-mulk solig‘i ulushi 10 foizdan 15 foizga oshirilgan. Shuningdek, sanitariya qoidalarini buzish hamda noqonuniy qurilish uchun undiriladigan jarimalarning 10 foizi ham mahalla budjetiga yo‘naltiriladi.

 

Bundan tashqari, maydoni 5 ming kvadrat metrgacha bo‘lgan bo‘sh binolarni mahallalarning o‘zi sotuvga chiqarishiga ruxsat berildi. Bu hisobiga mahallalar budjetiga qo‘shimcha 405 milliard so‘m tushishi kutilmoqda.

 

Yangi tartibga ko‘ra, mahalla hududidagi noturar obyektlardan tushadigan yer va mol-mulk solig‘ining yana 5 foizi ham mahallaning o‘zida qoladi. Natijada mahallalar ixtiyorida har yili qo‘shimcha 400 milliard so‘m mablag‘ shakllanadi.

 

Shuningdek, yil yakunida eng ko‘p tadbirkorlarni ro‘yxatdan o‘tkazgan, eng ko‘p yangi ish o‘rni yaratgan, soliq tushumi yuqori bo‘lgan hamda eng ko‘p qo‘shimcha soliq bazasi shakllantirgan 200 ta mahallaga 2 milliard so‘mdan mukofot beriladi.

 

Umuman olganda, yangi tashabbuslar natijasida mahallalar budjetiga tushum joriy yilda 1 trillion 600 milliard so‘mga, kelgusi yildan boshlab esa 2 trillion so‘mga yetkazilishi rejalashtirilgan.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.