Jahon

“Grin karta” oluvchilar uchun 100 ming dollargacha garov puli talabi joriy etilishi mumkin

Depozit miqdori har bir arizachining holatiga qarab o‘zgarishi mumkin.

“Grin karta” oluvchilar uchun 100 ming dollargacha garov puli talabi joriy etilishi mumkin

 

AQSh ma’muriyati ayrim mamlakatlar fuqarolaridan “yashil karta” (doimiy yashash guvohnomasi) olish jarayonida moliyaviy kafolat sifatida taxminan 100 ming AQSh dollari miqdorida garov puli talab qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda The Wall Street Journal nashri manbalariga tayanib xabar berdi.

 

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, depozit miqdori har bir arizachining holatiga qarab o‘zgarishi mumkin. Ayrim hollarda u 100 ming dollardan kam yoki undan ko‘p bo‘lishi ehtimoldan xoli emas.

 

Qayd etilishicha, AQSh Davlat departamenti mazkur tizimni dastlab cheklangan miqdordagi davlatlarda sinov tariqasida joriy etishni taklif qilgan. Biroq ushbu mamlakatlar ro‘yxati ochiqlanmagan.

 

Manbalarga ko‘ra, garov puli AQSh uchun moliyaviy kafolat vazifasini bajaradi. Ya’ni, mamlakatga ko‘chib o‘tgan shaxs o‘zini moddiy jihatdan ta’minlay olmasa, ushbu mablag‘dan foydalanish mumkin bo‘ladi.

 

Davlat departamenti vakili Tommi Pigottning ta’kidlashicha, Donald Tramp AQShga immigratsiya qilmoqchi bo‘lgan shaxslar moliyaviy jihatdan o‘zini o‘zi ta’minlay olishi kerakligini bir necha bor ta’kidlagan.

 

Rejaga ko‘ra, AQShning xorijdagi konsulliklari orqali “yashil karta”ga murojaat qilgan ayrim talabgorlar depozit qo‘yishlari shart bo‘ladi. Mazkur mablag‘ AQSh fuqaroligi olinganidan so‘ng qaytarilishi mumkin. The Wall Street Journal yozishicha, fuqarolikni olish jarayoni odatda kamida besh yil davom etadi.

 

Hozircha ushbu taklif rasman joriy etilgani e’lon qilinmagan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

“Grin karta” oluvchilar uchun 100 ming dollargacha garov puli talabi joriy etilishi mumkin | Zamon.uz