O'zbekiston

Mahalla raislariga yerlarni auksionga chiqarish vakolati beriladi

Prezident qaroriga ko‘ra, mahalla raislari xususiy bog‘cha, maktab, klinika va sport inshootlari qurish uchun yerlarni auksionga chiqarish vakolatiga ega bo‘ladi.

Mahalla raislariga yerlarni auksionga chiqarish vakolati beriladi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mahallalarga yangi muhit olib kirish hamda “mahalla yettiligi” faoliyatini yangicha tashkil etishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.

 

Yig‘ilishda Farg‘ona viloyatidagi Yangi Quva mahallasi misolida aholini ish bilan ta’minlash va daromadini oshirishning yangi mexanizmlari taqdim etildi.

 

Qayd etilishicha, mazkur mahallada 51 nafar ishsiz fuqaro mavjud bo‘lib, ulardan to‘rt nafari agrotexnikumni tamomlagan va 10 sotixdan tomorqa yeriga ega. Yangi tartibga ko‘ra, mahalla raisi tomorqada gul ko‘chati yetishtirishga ixtisoslashgan yengil konstruksiyali issiqxona qurish uchun mahalla bankiriga buyurtma beradi.

 

Shuningdek, mahalla raisi ishsiz fuqarolarning ehtiyojini o‘rganib, kim tadbirkorlik bilan shug‘ullanishni istashi, qaysi oilaga daromadini oshirish uchun kredit, uskuna yoki yer zarurligini aniqlaydi va bu bo‘yicha mahalla bankiriga aniq vazifalar yuklaydi.

 

Yig‘ilishda mahallalarda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi. Xususan, Yangi Quva mahallasida bog‘cha yetishmasligi sababli 50 nafar bola qo‘shni mahalladagi ta’lim muassasasiga qatnayotgani, hududda esa 70 sotix bo‘sh yer mavjudligi qayd etildi.

 

Shu munosabat bilan endilikda mahallalarda xususiy bog‘cha, maktab, klinika va sport inshootlari qurilishi uchun yer uchastkalarini auksionga chiqarish vakolati mahalla raislariga berilishi ma’lum qilindi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.