O'zbekiston

Mahallalardagi sustkashlik uchun 152 nafar rahbar ishdan olindi

Prezident yig‘ilishida 960 ta kambag‘al oila yashaydigan 32 ta mahallada birorta ham ehtiyojmand fuqaro doimiy ish bilan ta’minlanmagani tanqid qilindi.

Mahallalardagi sustkashlik uchun 152 nafar rahbar ishdan olindi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mahallalarga yangi muhit olib kirish hamda “mahalla yettiligi” faoliyatini yangicha tashkil etishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ishlar tanqidiy tahlil qilindi.

 

Qayd etilishicha, ayrim hududlarda amalga oshirilayotgan loyihalarda kambag‘al oilalar ishtiroki 15 foizga ham yetmayapti. Xususan, Qorao‘zak, Marhamat, Mirishkor, Nurobod va Termiz tumanlaridagi sustkashliklar misol sifatida ko‘rsatib o‘tildi.

 

Yig‘ilishda 960 ta kambag‘al oila yashaydigan 32 ta mahallada birorta ham ehtiyojmand fuqaro doimiy ish bilan ta’minlanmagani alohida tanqid qilindi. Shuningdek, 883 ta mahallada bankirlar xonadonbay yurib loyiha ishlab chiqmagani va tadbirkorlar bilan uchrashmagani qayd etildi.

 

Shu munosabat bilan yil boshidan buyon mahallalarda ishlarni samarali tashkil etmagan 152 nafar rahbar lavozimidan ozod etilgan, yana 700 nafar mas’ulga nisbatan intizomiy choralar qo‘llanilgan.

 

Yig‘ilishda mahallalarda soliq tushumlarini oshirish, jinoyatchilikning oldini olish hamda aholi muammolarini hal etish masalalari ham muhokama qilindi.

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev mahalla odamlar uchun “ishonch, tayanch va imkoniyatlar markazi” bo‘lishi zarurligini ta’kidladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.