O'zbekiston

Navoiyda IIB tergovchisiga nisbatan jinoyat ishi qo'zg'atildi

U olib qo‘yilgan telefonni qaytarish evaziga 1000 AQSH dollari olgan.

Navoiyda IIB tergovchisiga nisbatan jinoyat ishi qo'zg'atildi

 

Navoiy viloyatida xizmat mavqeidan foydalanib, noqonuniy ravishda moddiy manfaat orttirishga uringan Ichki ishlar organlari xodimining noqonuniy harakatlariga chek qo‘yildi.

 

Davlat xavfsizlik xizmati hamda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Qiziltepa tumani IIB Tergov guruhi katta tergovchisi qo‘lga olindi.

 

Aniqlanishicha, tergovchi joriy yilning 1-iyul kuni telefoni xotirasida taqiqlangan diniy materiallar mavjud bo‘lishi ehtimoli bilan olib qo‘yilgan iPhone 17 Pro Max rusumli mobil telefonni egasiga qaytarib berish evaziga ikki nafar vositachi orqali 1000 AQSH dollari olgan.

 

Tezkor tadbir davomida mansabdor shaxsning noqonuniy harakatlariga chek qo‘yilgan.

 

Mazkur holat yuzasidan tergovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

2025-yilda korrupsion jinoyatlar eng ko‘p Andijonda aniqlangan — senator

Oʻtgan yilda Oʻzbekistonda korrupsiyaga oid jinoyatlar bo‘yicha 7 517 kishi javobgarlikka tortilgan.

custom img

O‘zbekistonda davlat tashkilotlari serverlariga kiberhujum uyushtirilgani aniqlandi

UzCERT hujumlar oqibatida ayrim tizimlardagi ma’lumotlar shifrlanganini ma’lum qilib, tashkilotlarni zudlik bilan kiberxavfsizlik choralarini kuchaytirishga chaqirdi.

custom img

Sirdaryoda Captiva va yuk mashinasi to‘qnashib, uch kishi halok bo‘ldi

Yuk mashinasi qayrilib olayotganda o‘zi bilan bir yo‘nalishdagi Captiva bilan to‘qnashgan.

custom img

Surxondaryoda fuqaroning uyi nega buzib tashlandi?

Denovda fuqaroning uyi ogohlantirishsiz buzilgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat MIB holatga oydinlik kiritdi.

custom img

Xivada “Qovun sayli – 2026” xalqaro festivali boshlandi

Ichan qal’a va “Arda Xiva” majmuasida o‘tayotgan tadbirda Xorazmning qovunchilik an’analari, milliy taomlar, hunarmandchilik, folklor, musiqa va gastronomik mahsulotlar namoyish etilmoqda.

custom img

Andijon viloyatida tongda zilzila bo‘ldi

Zilzila epitsentri Marhamat tumani bo‘lgan. U yerda yer silkinishi 2–3 ballni tashkil etgan.

custom img

Prezident “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” tanlovi g‘oliblarini tabrikladi

Tanlovning uch bosqichida 124 mingdan ziyod yosh ishtirok etib, yakunda 10 ta kasb yo‘nalishi bo‘yicha 120 nafar g‘olib va sovrindor aniqlandi.

custom img

O‘zbekistonda rieltorlik faoliyati qonun bilan tartibga solindi

Yangi tartibga ko‘ra, rieltorlar maxsus o‘qitish va malaka imtihonidan o‘tib, sertifikat olishi, tashkilotlar esa Yagona reyestrga kiritilishi kerak bo‘ladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"