O'zbekiston

Toshkentda Afrikadan yuborilgan kokain aniqlandi

Shuningdek, Bo‘stonliqda 17 ming 600 tup ko‘knori hamda 9 tup kannabis o‘simliklarini noqonuniy ravishda ekib parvarishlayotgan shaxs qo'lga olindi.

Toshkentda Afrikadan yuborilgan kokain aniqlandi

 

Toshkent va Bo‘stonliqda yirik miqdordagi giyohvandlik vositalari hamda taqiqlangan o‘simliklar aniqlandi. Bu haqda DXX xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, Syerra-Leone Respublikasidan yuborilgan kuryerlik jo‘natmasini Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanidagi xususiy kuryerlik punktidan qabul qilib olayotgan Yashnobod tumanida yashovchi, 1983-yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan fuqaro qo‘lga olingan.

 

Jo‘natma tekshirilganda avtoehtiyot qismlari ichiga yashirilgan 728 gramm kokain borligi aniqlangan. Shuningdek, gumonlanuvchining yashash xonadonidan zip paketlarga joylangan kukunsimon moddalar hamda tarkibida giyohvandlik vositalari bo‘lgan shirinliklar ashyoviy dalil sifatida olingan.

 

Mazkur holat yuzasidan fuqaro Jinoyat kodeksining 246-moddasi 2-qismi bilan javobgarlikka tortilib, jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Yana bir tezkor tadbir davomida DXX va Ichki ishlar organlari xodimlari Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida 1971-yilda tug‘ilgan fuqaroning taqiqlangan giyohvandlik o‘simliklarini noqonuniy ravishda ekib parvarishlayotganini aniqlangan.

 

Gilavasoy qishlog‘i yaqinidagi tog‘ yonbag‘irlarida o‘tkazilgan ko‘zdan kechirish jarayonida 17 ming 600 tup ko‘knori hamda 9 tup kannabis o‘simligi topilgan. Shuningdek, gumonlanuvchining yashash xonadonidan quritilgan ko‘knori boshoqlari va maydalangan holda saqlanayotgan ko‘knori mahsulotlari ham aniqlangan.

 

Mazkur holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 2-qismi “v” bandi hamda 25, 273-moddasi 6-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkentda Afrikadan yuborilgan kokain aniqlandi | Zamon.uz