O'zbekiston

XDP pullik avtoturargohlar uchun jarima joriy etilishiga qarshi chiqdi

Partiya pullik avtoturargoh uchun to‘lovni amalga oshirmagan haydovchilarga ma’muriy jarima qo‘llash tashabbusi Konstitutsiya va amaldagi qonunchilikka zid ekanini bildirdi.

XDP pullik avtoturargohlar uchun jarima joriy etilishiga qarshi chiqdi

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi (XDP) Toshkent shahar hokimligi tomonidan jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan, pullik avtomobil to‘xtash joylari uchun to‘lovni amalga oshirmagan haydovchilarga ma’muriy jarima belgilashni nazarda tutuvchi qonun loyihasiga rasmiy munosabat bildirdi.


Partiya bayonotida qayd etilishicha, mazkur tashabbusni amaldagi qonunchilik nuqtayi nazaridan qabul qilib bo‘lmaydi.

 

XDPning ta’kidlashicha, birinchi navbatda, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasiga muvofiq, Toshkent shahar hokimligi qonunchilik tashabbusi huquqiga ega subyektlar qatoriga kirmaydi. Shu sababli kodekslarga o‘zgartirish kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihalarini hokimlik tashabbusi bilan ilgari surish Konstitutsiya talablariga mos kelmaydi.

 

Partiya, shuningdek, pullik avtoturargoh xizmatidan foydalanganlik uchun haq to‘lash haydovchi va xizmat ko‘rsatuvchi operator o‘rtasidagi fuqarolik-huquqiy munosabat ekanini eslatdi. Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, bunday qarzdorlik yuzaga kelganda uni ma’muriy jarima orqali emas, balki qonunchilikda belgilangan tartibda, jumladan sud orqali undirish kerakligi ta’kidlandi.

 

Bayonotda ma’muriy javobgarlik davlat tomonidan faqat jamoat va davlat manfaatlarini himoya qilish uchun qo‘llanishi lozimligi qayd etilib, xususiy operator daromadini ta’minlash maqsadida davlatning majburlov mexanizmlaridan foydalanish huquqiy davlat tamoyillariga zid ekani bildirildi.

 

XDP yana bir masalaga ham e’tibor qaratdi. Partiya Toshkent shahar hokimligining pullik avtoturargohlardan foydalanayotgan haydovchilarning atigi 2–3 foizi to‘lovni amalga oshirayotgani haqidagi bayonoti jamoatchilikda shubha uyg‘otayotganini qayd etdi. Chunki, partiya fikricha, hozirgacha pullik avtoturargohlardan tushayotgan mablag‘lar va ularning davlat budjetiga o‘tkazilishi bo‘yicha ochiq statistik ma’lumotlar e’lon qilinmagan.

 

Shu munosabat bilan XDP ijro hokimiyati organlarini yangi jarimalar joriy etishga emas, balki fuqarolar uchun qulay va sifatli infratuzilma yaratish, mavjud xizmatlar shaffofligini ta’minlash hamda aholi manfaatlarini ustuvor qo‘yishga chaqirdi.

 

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahar hokimligi avvalroq pullik avtoturargoh uchun belgilangan to‘lovni amalga oshirmagan haydovchilarga Bazaviy hisoblash miqdorining 0,3 baravari miqdorida ma’muriy jarima belgilashni taklif qilgan edi. Mazkur loyiha hozirda jamoatchilik muhokamasidan o‘tmoqda.

custom img

Energetika loyihalarini rejalashtirish tizimi o‘zgartiriladi: yangi boshqaruv modeli taklif qilindi

Endilikda energetika loyihalari, eng avvalo, iqtisodiyot, aholi va hududlarning istiqboldagi ehtiyojidan kelib chiqib shakllantiriladi.

custom img

Tibbiyot chiqindilarini yo‘q qilishdagi muammolar: sog‘liqni saqlash vaziriga senator so‘rovi yuborildi

Tibbiyot chiqindilarini yoqish, maishiy chiqindi sifatida sanitariya-tozalash korxonalariga topshirish holatlari aniqlangani qayd etildi.

custom img

2030-yilgacha yangi podstansiyalar quriladi: 5 ming kilometrlik elektr tarmog‘i barpo etiladi

Bu yangi elektr stansiyalarini energotizimga ulash, hududlar o‘rtasida quvvat almashinuvini kengaytirish imkonini beradi.

custom img

22 mingdan ortiq sayyoh: Fransiya O‘zbekistonga turistlar oqimi bo‘yicha Yevropaning top-5 mamlakatiga kirdi

Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 20,6 foizga ko‘p.

custom img

5 yoshli qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik: Namanganda bog‘cha ombor mudiri tarbiyalanuvchi qizni zo‘rladi

Jabrlanuvchi bolaning qonuniy manfaatlari Bolalar ombudsmani tomonidan kuzatilmoqda.

custom img

150 mingta ish, 70 mingta bekor qilingan qaror: Prezident maʼmuriy odil sudlovni yangi bosqichga olib chiqish takliflari bilan tanishdi

Ma’muriy odil sudlovni rivojlantirishning yangi bosqichida 15 ga yaqin huquqiy institutni joriy etish taklif qilindi.

custom img

XDP Toshkentdagi jamoat transporti tariflari bo‘yicha o‘z pozitsiyasini bildirdi

Toshkentda avtobus va metroda bir martalik elektron to‘lov tarifini qariyb 47 foizga oshirish taklifi muhokama qilinayotgan bir paytda partiya o‘quvchilar uchun imtiyozli tarif joriy etishni taklif qildi.

custom img

O‘quvchini urib, sudragan: Toshkentda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi

O‘qituvchiga hayfsan berilib, mehnat shartnomasini bekor qilish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"