O'zbekiston

Alimentdan qarzdor ota makkajo‘xori dalasidan topildi

Maʼlumotlarga ko‘ra, qarzdor fuqaro hozirgi kunga qadar 37 million so‘m aliment pullarini to‘lamasdan qochib yurgan.

Alimentdan qarzdor ota makkajo‘xori dalasidan topildi

Toshkent viloyatining Bekobod tumanida aliment to‘lashdan bo‘yin tovlab, MIB xodimlaridan yashirinib yurgan erkak dala ichida bekinib o‘tirganida qo‘lga tushdi. Bu haqida MIB axborot xizmati Zamon.uz'ga maʼlum qildi.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, qarzdor erkakka bundan 3 oy muqaddam qidiruv eʼlon qilingan bo‘lib, uning uyiga davlat ijrochilari bir necha bor kelib ketishgan, biroq fuqaro bu manzilda emasligi haqida maʼlumot olingan.

 

Shunga qaramasdan davlat ijrochisi uni qidirish yo‘lida yangi maʼlumotlarga ega bo‘ladi va qochoq ota aynan o‘z uyida, yana ham aniqrog‘i makkajo‘xori dalasida yashirinib o‘tirgani maʼlum bo‘ladi.

 

Sud buyrug‘iga ko‘ra, qarzdor fuqarodan undiruvchi foydasiga ikki nafar voyaga yetmagan farzandlari taʼminoti uchun xar oyda barcha daromadlarining uchdan bir qismi miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati kelib tushgan bo‘lib, tegishli ijro ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Ushbu ijro hujjati yuzasidan qarzdor fuqaro bir necha bor ogohlantirishlarga qaramasdan aliment pullarini to‘lamaganligi uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha Bekobod tuman sudining 16 yanvardagi qaroriga asosan qarzdorga nisbatan 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan.

 

Qarzdor fuqaro hozirgi kunga qadar 37 million so‘m aliment pullarini to‘lamasdan qochib yurgan. Hozirda JKning 122-moddasiga asosan jinoiy ish qo‘zg‘atish uchun to‘plangan hujjatlar sudga yuborilgan.

custom img

Diplomatiyaga qabul tartibi qayta ko‘rib chiqiladi

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirining maʼlum qilishicha, bu yil diplomatiya yo‘nalishida 550 ta o‘rin uchun 3 200 nafar abituriyent 189 ball to‘plagan.

custom img

Toshkentda internet-narkomagazinida “zakladchik” bo‘lib ishlagan talabalar ushlandi

Tezkor tadbirlarda 14 nafar shaxs qo‘lga olinib, ulardan 2,5 kg alfa-PVP protsessual tartibda musodara qilindi.

custom img

Sirdaryoda obodonlashtirish boshqarmasi mas’ullari 1 mlrd so‘mni talon-toroj qildi

Ular amalda ishlamagan fuqarolarga ish haqi hisoblab, byudjet mablag‘larini o‘zlashtirgan.

custom img

Tez yordam mashinasiga yo‘l bermagan BYD haydovchisiga chora ko‘rildi

Haydovchi signalni avtomobil oynalari yopiq, konditsioner va musiqa yoqilgani sababli eshitmaganini ma’lum qilgan.

custom img

O‘zbekiston Prezidentining Serbiyaga rasmiy tashrifi yakunlandi

Aeroportda oliy martabali mehmonlarni Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchich va rafiqasi kuzatib qo‘ydi.

custom img

O‘zbekiston Birinchi xonimi Serbiyaning madaniy merosi bilan tanishdi

Muloqot chog‘ida Ziroat Mirziyoyeva va Tamara Vuchich O‘zbekiston va Serbiya o‘rtasidagi madaniy-gumanitar aloqalarni yanada rivojlantirish muhimligini ta’kidladilar.

custom img

Belgrad ko‘chalaridan biriga “Toshkent” nomi berildi

“Toshkent” ko‘chasi ikki xalq do‘stligini mustahkamlashga qat’iy intilishning yorqin ramziga aylanishiga ishonch bildirildi.

custom img

O‘zbekiston Prezidenti Serbiya Respublikasi ordeni bilan taqdirlandi

Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Shavkat Mirziyoyevga mamlakatning oliy davlat mukofotini topshirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"