O'zbekiston

Andijonda bozor yonib ketdi

Yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘q, hodisa sababi o‘rganilmoqda.

Andijonda bozor yonib ketdi

 

Andijon viloyatining Asaka tumanida joylashgan savdo rastasida yong‘in yuz berdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, hodisa 16-iyul kuni soat 23:43 da Asaka tumani Marg‘iloniy ko‘chasida joylashgan savdo rastasida sodir bo‘lgan. Xabar kelib tushgach, yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 23:48 da voqea joyiga yetib borgan.

 

Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari natijasida yong‘in 17-iyul kuni soat 00:10 da to‘liq bartaraf etilgan.

 

Yong‘in oqibatida savdo rastasining 60 kvadrat metr maydonidagi shift va tom qismi, shuningdek, kiyim-kechak mahsulotlari yonib zarar ko‘rgan.

 

Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.

 

Ayni paytda yong‘inning kelib chiqish sababi hamda yetkazilgan moddiy zarar miqdorini aniqlash bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Shar sabab elektr uzildi: to‘rtta tuman elektrsiz qoldi

Shar sabab elektr uzildi: to‘rtta tuman elektrsiz qoldi

Barcha iste’molchilarga elektr energiyasi yetkazib berish 33 daqiqada to‘liq tiklandi.

Serjio Gor “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi

Serjio Gor “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi

Farmonda uning investitsiyalarni jalb qilish, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish va qo‘shma loyihalarni ilgari surishdagi xizmatlari e’tirof etilgan.

Marko Rubio “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlandi

Marko Rubio “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlandi

AQSh Davlat kotibi ushbu orden bilan O‘zbekiston va AQSh hamkorligini rivojlantirishdagi xizmatlari uchun taqdirlandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSh Davlat kotibi Marko Rubio bilan uchrashdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSh Davlat kotibi Marko Rubio bilan uchrashdi

O‘zbekiston Prezidenti va AQSh Davlat kotibi strategik sheriklikni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildi.

Rossiyaga ketayotgan o‘zbekistonliklar kamaydi: mehnat migrantlari soni 13,2 foizga tushdi

Rossiyaga ketayotgan o‘zbekistonliklar kamaydi: mehnat migrantlari soni 13,2 foizga tushdi

Shu bilan birga, Rossiyadan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi 8,8 foizga oshdi.

60 km/soat o‘rniga 201 km/soat: Buxoroda Malibu-2 haydovchisi ushlandi

60 km/soat o‘rniga 201 km/soat: Buxoroda Malibu-2 haydovchisi ushlandi

Haydovchi davlat raqamlarini o‘zboshimchalik bilan yechib, avtomobil saloniga qo'ygan va shahar ichida yuqori tezlikda harakatlangan.

C5+1 doirasidagi muhim yangilik: O‘zbekistonda Google Pay ishga tushdi

C5+1 doirasidagi muhim yangilik: O‘zbekistonda Google Pay ishga tushdi

Yangilik C5+1 formatidagi tadbirlar doirasida e’lon qilindi.

17 yoshli kuryer bilan mojaro: restoran xodimi 5 sutkaga qamaldi

17 yoshli kuryer bilan mojaro: restoran xodimi 5 sutkaga qamaldi

Tekshiruvda piyodalar yo‘lagidan foydalanish qoidabuzarliklari ham aniqlanib, yozgi maydoncha olib tashlandi.