O'zbekiston

Buxoro va Qoraqalpog‘istonda noqonuniy dori savdosiga chek qo‘yildi

Yashirin sexda qalbaki dori tayyorlagan shaxs, yana bir tadbirkor esa dori vositalarini 5 600 dollarga sotayotgan vaqtida ushlandi.

Buxoro va Qoraqalpog‘istonda noqonuniy dori savdosiga chek qo‘yildi

 

Buxoro viloyati hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida qalbaki va noqonuniy muomaladagi katta miqdordagi dori vositalari aniqlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati ma’lum qildi.

 

Ma’lum qilinishicha, DXXning Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida G‘ijduvon tumanida yashovchi tadbirkorga tegishli dorixona, yashash xonadoni va avtomashinasi ko‘zdan kechirilgan.

 

Tekshiruv davomida tadbirkor o‘z uyida yashirin sex tashkil etib, dori vositalarining yorliq va yo‘riqnomalarini o‘zgartirish orqali qalbaki dori vositalari tayyorlagani aniqlangan.

 

Tezkor tadbirda 111 turdagi 25 716 dona dori vositasi, shuningdek, bo‘sh qutilar, yorliqlar, yo‘riqnomalar va boshqa vositalar ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.

 

“Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasi xulosasiga ko‘ra, aniqlangan dorilarning 30 turi davlat reyestrida qayd etilmagan, 50 turiga esa muvofiqlik sertifikati rasmiylashtirilmagan.

 

Yana bir tezkor tadbirda G‘ijduvon tumanida farmatsevtika faoliyati bilan shug‘ullanuvchi MCHJ rahbari davlat reyestrida qayd etilmagan va sifat sertifikatiga ega bo‘lmagan 16 dona “Oktagam” dori vositasini 5 600 AQSH dollariga sotayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

 

Shuningdek, unga tegishli dorixonadan 109 turdagi 32 094 dona sifat sertifikatisiz dori vositalari hujjatlashtirib olingan.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasida esa DXX va bojxona organlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Nukus tumanida yashovchi 1989-yilda tug‘ilgan fuqaro o‘z xonadonida noqonuniy dori ombori tashkil etgani aniqlangan.

 

Uning yashash manzilidan 65 turdagi 12 958 dona dori vositasi, shuningdek, ularni qadoqlash uchun mo‘ljallangan 2 410 dona shtrix-kod va etiketka ashyoviy dalil sifatida musodara qilingan.

 

Mutaxassislar xulosasiga ko‘ra, ushbu dori vositalari belgilangan saqlash talablariga rioya qilinmagan holda saqlangan bo‘lib, 16 turdagi preparatning yaroqlilik muddati o‘tgan.

 

Hozirda barcha holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

2030-yilgacha yangi podstansiyalar quriladi: 5 ming kilometrlik elektr tarmog‘i barpo etiladi

Bu yangi elektr stansiyalarini energotizimga ulash, hududlar o‘rtasida quvvat almashinuvini kengaytirish imkonini beradi.

custom img

22 mingdan ortiq sayyoh: Fransiya O‘zbekistonga turistlar oqimi bo‘yicha Yevropaning top-5 mamlakatiga kirdi

Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 20,6 foizga ko‘p.

custom img

5 yoshli qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik: Namanganda bog‘cha ombor mudiri tarbiyalanuvchi qizni zo‘rladi

Jabrlanuvchi bolaning qonuniy manfaatlari Bolalar ombudsmani tomonidan kuzatilmoqda.

custom img

150 mingta ish, 70 mingta bekor qilingan qaror: Prezident maʼmuriy odil sudlovni yangi bosqichga olib chiqish takliflari bilan tanishdi

Ma’muriy odil sudlovni rivojlantirishning yangi bosqichida 15 ga yaqin huquqiy institutni joriy etish taklif qilindi.

custom img

XDP Toshkentdagi jamoat transporti tariflari bo‘yicha o‘z pozitsiyasini bildirdi

Toshkentda avtobus va metroda bir martalik elektron to‘lov tarifini qariyb 47 foizga oshirish taklifi muhokama qilinayotgan bir paytda partiya o‘quvchilar uchun imtiyozli tarif joriy etishni taklif qildi.

custom img

O‘quvchini urib, sudragan: Toshkentda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi

O‘qituvchiga hayfsan berilib, mehnat shartnomasini bekor qilish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

custom img

Tracker rulida 5-sinf o‘quvchisi: Farg‘onada ota javobgarlikka tortildi

Voyaga yetmagan bolaning avtomobil boshqarayotgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

custom img

42 ta sertifikat evaziga 2,1 mln so‘m: Surxondaryoda bo‘lim boshlig‘i pora bilan ushlandi

Sanitariya bo‘limi boshlig‘i maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbariga 42 nafar xodimga sanitariya sertifikatlari berilishini vaʼda qilib, pul talab qilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"