O'zbekiston

Jazirama sabab Toshkentda minglab iste’molchilar elektrsiz qoldi

Olmazor, Chilonzor, Yunusobod, Sergeli va boshqa tumanlarda jami 8 250 iste’molchining elektr ta’minoti uzildi.

Jazirama sabab Toshkentda minglab iste’molchilar elektrsiz qoldi

 

Havo haroratining keskin ko‘tarilishi hamda elektr tarmoqlariga tushayotgan yuklamaning ortishi sababli Toshkent shahri va Toshkent viloyatining ayrim hududlarida elektr ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar kuzatildi.

 

Energetika vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, soat 14:30 holatiga Toshkent shahri va viloyatidagi ayrim elektr uzatish tarmoqlari hamda podstansiyalarda texnik nosozliklar yuzaga kelgan.

 

Shu sababli Olmazor, Yakkasaroy, Chilonzor, Yunusobod, Yashnobod, Mirzo Ulug‘bek, Sergeli va Zangiota tumanlaridagi jami 8 250 nafar iste’molchining elektr ta’minoti vaqtincha uzilgan.

 

Hozirda maxsus avariya brigadalari tomonidan nosozliklarni bartaraf etish va iste’molchilarni elektr energiyasi bilan qayta ta’minlash ishlari olib borilmoqda.

 

Energetika mutasaddilari yuzaga kelgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘radi.

 

Shuningdek, elektr ta’minotidagi rejali va favqulodda uzilishlar bo‘yicha ma’lumotlar tuman elektr ta’minoti korxonalari hamda Toshkent shahar va Toshkent viloyati hokimliklarining rasmiy Telegram kanallari orqali muntazam e’lon qilib borilayotgani ma’lum qilindi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.