O'zbekiston

O‘rmon yong‘inlari sabab JCH-2026 finali ko‘chirilishi mumkin

Kanadadagi yirik o‘rmon yong‘inlari oqibatida Shimoliy Amerikada havo sifati keskin yomonlashgan.

O‘rmon yong‘inlari sabab JCH-2026 finali ko‘chirilishi mumkin


 
Kanadada davom etayotgan keng ko‘lamli o‘rmon yong‘inlari natijasida hosil bo‘lgan tutun AQSH va Kanadaning yirik shaharlarini egallab olgan. Havo sifatining keskin yomonlashuvi sabab Shimoliy Amerikadagi bir qator futbol uchrashuvlari qoldirilgan yoki o‘yin sharoitlari o‘zgartirilgan. Mutaxassislar bu vaziyat 2026-yilgi FIFA Jahon chempionati finaliga ham ta’sir qilishi mumkinligini ta’kidlamoqda.


Tutun eng ko‘p AQShning shimoli-sharqiy hududlari, jumladan Nyu-York, Nyu-Jersi, shuningdek Kanadaning Toronto shahrini qoplagan. Aynan shu hududlarda erkaklar va ayollar o‘rtasidagi professional futbol musobaqalari o‘tkaziladi. Havo sifati yomonlashgani sabab ayrim uchrashuvlar kechiktirilgan, boshqalarida esa qo‘shimcha suv ichish tanaffuslari joriy etilgan.


Sport shifokorlarining ta’kidlashicha, yong‘in tutuni tarkibidagi mayda zarrachalar sportchilarning nafas olish tizimi va yurak-qon tomir faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ayniqsa yuqori jismoniy yuklama ostida bu xavf yanada ortadi. Shu sabab mutaxassislar zarurat tug‘ilganda mashg‘ulotlarni yopiq inshootlarga ko‘chirish yoki uchrashuvlarni boshqa vaqtga surishni tavsiya qilmoqda.


Jahon chempionati finali 20-iyul kuni AQShning Nyu-Jersi shtatidagi MetLife Stadiumda o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Ushbu stadion ochiq osmon ostida joylashgani bois havo sifati bevosita uchrashuv o‘tkazilishiga ta’sir qilishi mumkin. Biroq meteorologlar hafta oxirida kuchli yomg‘ir va sovuq havo oqimining mamlakatga kirib kelishi kutilayotgani sabab finalga qadar tutun sezilarli darajada tarqalishini prognoz qilishmoqda.


Shunga qaramay, ekologlar va sog‘liqni saqlash mutaxassislari iqlim o‘zgarishi oqibatida o‘rmon yong‘inlari tobora tez-tez kuzatilayotganini, bu esa kelajakdagi yirik sport musobaqalarini tashkil etishda yangi muammolarni yuzaga keltirayotganini qayd etmoqda. Ularning fikricha, FIFA va boshqa sport tashkilotlari ob-havo hamda havo sifati bilan bog‘liq favqulodda holatlar uchun yanada qat’iy protokollar ishlab chiqishi zarur.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.