O'zbekiston

O‘zbekistonda anomal issiq qachon pasayishi ma’lum qilindi

Prognozlarga ko‘ra, havo harorati 6–9 darajaga pasayadi.

O‘zbekistonda anomal issiq qachon pasayishi ma’lum qilindi

 

O‘zbekistonda kuzatilayotgan anomal issiq ob-havo 21-iyuldan boshlab bosqichma-bosqich pasaya boshlaydi. Bu haqda “O‘zgidromet” ma’lum qildi.

 

Prognozga ko‘ra, 18–20-iyul kunlari respublika bo‘ylab jazirama saqlanib qoladi. Kunduz kunlari havo harorati 42–45 darajagacha, janubiy va cho‘l hududlarda esa 46–48 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda.

 

Shamol tezligi 9–14 metr/sekundni tashkil etadi, ayrim hududlarda 15–18 metr/sekundgacha, shimol, janub va cho‘l hududlarida esa ba’zan 20–22 metr/sekundgacha kuchayishi hamda chang-to‘zon kuzatilishi mumkin.

 

Ma’lum qilinishicha, 20-iyul kuni respublikaning aksariyat hududlarida ekstremal issiq ob-havo saqlanib qoladi. Faqat shimoli-g‘arbiy hududlarda harorat pasaya boshlaydi.

 

21-iyuldan boshlab esa mamlakatning barcha hududlarida issiq chekinishi kutilmoqda. Prognozlarga ko‘ra, havo harorati 6–9 darajaga pasayadi.

 

Toshkent shahrida juma kuni havo harorati 41–43 daraja, shanba va yakshanba kunlari esa 43–45 darajagacha ko‘tariladi. Kechalari harorat 25–28 daraja atrofida bo‘lishi prognoz qilinmoqda.

custom img

5 milliard so‘mlik zarar: xalqaro qidiruvdagi shaxs Turkiyada qo‘lga olindi

Mazkur shaxs ajratilgan kredit mablag‘larini o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilganlikda gumon qilinmoqda.

custom img

Banklarda 461 mlrd so‘mlik firibgarlikning oldi olindi: 18 milliondan ortiq operatsiya cheklandi

O‘zbekistonda 2026-yilning dastlabki 6 oyida zararli dastur aniqlangani sabab 1,28 millionta qurilmada bank ilovalaridan foydalanish cheklangan.

custom img

Angrenda bemor “probasiz” ukol ortidan komaga tushdimi? Holat yuzasidan tekshiruv boshlandi

Tekshiruv yakunlari asosida holatga huquqiy va tibbiy jihatdan baho berilishi ma’lum qilindi.

custom img

«Chiqarilgan hukmdan ozgina noroziman»: tayinlangan jazo yuzasidan sud munosabat bildirdi

Toshkent shahar sudi YPX inspektori o‘limiga sababchi bo‘lgan sudlanuvchiga 2,4 yillik jazo berilgani yuzasidan izoh berdi.

custom img

"Yil o‘qituvchisi" tanlovi: Qoraqalpog‘istonlik pedagog 50 ming dollar mukofotni qo‘lga kiritdi

Respublika bo‘yicha 208 nafar, Qoraqalpog‘istondan esa 17 nafar o‘qituvchi ushbu tanlovda g‘olib deb topildi.

custom img

Toshkent osmonida yorqin obyekt kuzatildi: mutaxassislar dastlabki xulosani berdi

Toshkent osmonida kuzatilgan yorqin obyekt meteor yoki bolid emasligi aytildi. Hodisa Xitoydan uchirilgan raketa bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

custom img

616 mln so‘mlik mukofot: “Yil o‘qituvchisi” g‘oliblari aniqlandi

Tanlovda 46 mingdan ortiq pedagog ishtirok etdi. G‘oliblar uch bosqichda saralandi.

custom img

17 yoshli o‘quvchi gashish bilan ushlandi: jo‘natma Rossiyadan yuborilgan

Giyohvandlik vositalari konserva qutisiga yashirilgan bo‘lgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"