O'zbekiston

O‘zbekistonda jazirama sabab elektrga vaqtinchalik cheklovlar o‘rnatilmoqda

Qashqadaryo, Jizzax, Xorazm va Toshkent viloyatlaridan minglab iste’molchilar vaqtincha elektr ta’minotidan uzilgan.

O‘zbekistonda jazirama sabab elektrga vaqtinchalik cheklovlar o‘rnatilmoqda

O‘zbekistonda kuzatilayotgan anomal issiq havo elektr energiyasiga bo‘lgan talabni keskin oshirdi. Natijada mamlakat yagona energetika tizimida elektr iste’moli ham, ishlab chiqarish hajmi ham tarixiy rekord darajaga yetdi. Bu haqda Energetika vazirligi ma’lum qildi.


 Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 16-iyul kuni sutkalik elektr energiyasi iste’moli 291 million kVt·soatni tashkil etib, yozgi mavsum uchun yangi rekord qayd etildi. Bu o‘tgan yil yozida kuzatilgan eng yuqori ko‘rsatkichdan 18,4 million kVt·soatga yoki 6,7 foizga ko‘p. Shu kuni sutkalik elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi ham 295,4 million kVt·soatga yetib, yangi rekord o‘rnatdi. Taqqoslash uchun, 15-iyul kuni bu ko‘rsatkich 291,4 million kVt·soat bo‘lgan.


Energetika vazirligi izohiga ko‘ra, yuqori harorat elektr uzatish tarmoqlari va transformator uskunalarining me’yoridan ortiq qizishiga olib kelmoqda. Bunga minglab konditsionerlar, sovutgichlar va boshqa elektr jihozlarining bir vaqtda ishlashi sabab tarmoqlardagi yuklama yanada ortmoqda. Natijada uskunalarning ishdan chiqishi yoki yirik avariyalar yuzaga kelish xavfi kuchayadi.


 Shu sababli energotizim barqarorligini saqlash va yirik nosozliklarning oldini olish maqsadida dispetcherlik xizmatlari ayrim hududlarda qisqa muddatli majburiy cheklovlarni joriy etmoqda. Vazirlikning ta’kidlashicha, bunday choralar elektr qurilmalarining kuyib ketishi hamda ta’mirlash ishlari bir necha kun davom etadigan yirik avariyalarning oldini olish uchun zarur.


Ma’lum qilinishicha, ayrim hududlarda elektr ta’minoti 2 soatgacha vaqtincha cheklangan. Jumladan, Qashqadaryo viloyatining Ko‘kdala va Chiroqchi tumanlarida 1 750 nafar iste’molchi, Jizzax viloyatining Sharof Rashidov va Zomin tumanlarida 1 200 nafar iste’molchi, Xorazm viloyatining Shovot, Gurlan va Qo‘shko‘pir tumanlarida 1 300 nafar iste’molchi, Toshkent viloyatining Toshkent va Zangiota tumanlarida 1 000 nafar iste’molchi vaqtincha elektr ta’minotidan uzilgan.


Vazirlikning bildirishicha, hududlarda tunu kun ishlayotgan maxsus avariya brigadalari elektr tarmoqlarida yuzaga kelayotgan nosozliklarni imkon qadar qisqa muddatda bartaraf etmoqda.


 Energetika vazirligi fuqarolarni elektr energiyasidan oqilona va tejamkor foydalanishga chaqirib, zarurat bo‘lmagan hollarda elektr jihozlarini o‘chirib turish tizimdagi ortiqcha yuklamani kamaytirish va yirik uzilishlarning oldini olishga yordam berishini ta’kidladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekistonda jazirama sabab elektrga vaqtinchalik cheklovlar o‘rnatilmoqda | Zamon.uz