O'zbekiston

O‘zbekistonda uy-joy narxlari bir yilda 4 foizga oshdi

Eng katta o‘sish yangi qurilgan kvartiralar segmentida kuzatilgan.

O‘zbekistonda uy-joy narxlari bir yilda 4 foizga oshdi


 
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning ikkinchi choragida O‘zbekistonda turar joy ko‘chmas mulki narxlari birinchi chorakka nisbatan 1,3 foizga, 2025-yilning mos davriga nisbatan esa 4 foizga oshgan.


 
Hisobotda qayd etilishicha, narxlarning asosiy o‘sishi kvartiralar bozorida kuzatilgan. Xususan, kvartiralar qiymati bir yil davomida o‘rtacha 5,5 foizga qimmatlashgan. Shundan birlamchi bozordagi yangi uy-joylar narxi 7,1 foizga, ikkilamchi bozordagi kvartiralar esa 4,2 foizga oshgan.


 
Yakka tartibdagi uy-joylar segmentida narxlar nisbatan barqaror bo‘lib, bir yil ichida 2 foizga ko‘tarilgan.


 
Hududlar kesimida esa qiziqarli tafovut kuzatilmoqda. Toshkent shahrida kvartiralar narxi o‘tgan yilga nisbatan 3,9 foizga oshgan bo‘lsa, respublikaning boshqa hududlarida bu ko‘rsatkich 7 foizni tashkil etdi. Bu esa so‘nggi yillarda viloyatlarda uy-joy bozoriga talab ortib borayotganini ko‘rsatadi.


 
Markaziy bankning 2026-yil birinchi choragi bo‘yicha e’lon qilgan tahliliga ko‘ra, ko‘chmas mulk bozoridagi faollik ipoteka kreditlari hajmining kengayishi, aholi real daromadlarining o‘sishi hamda qurilish sur’atlarining yuqoriligi hisobiga qo‘llab-quvvatlanmoqda. Shu bilan birga, bozorga yangi uy-joylar taklifining ko‘payishi narxlarning keskin oshib ketishini cheklayotgan omillardan biri sifatida baholanmoqda.


 
2026-yilning ikkinchi choragidan boshlab uy-joy narxlari ilk bor gedonik regressiya usuli asosida hisoblanmoqda. Ushbu metodologiya xalqaro amaliyotda keng qo‘llanilib, uy-joyning maydoni, joylashuvi, qavati, qurilgan yili va boshqa texnik xususiyatlarini inobatga oladi. Natijada narxlar dinamikasi oddiy o‘rtacha qiymatlar emas, balki bir xil sifatdagi uy-joylar kesimida aniqroq baholanadi.


 
Mutaxassislar fikricha, yangi metodologiyaning joriy etilishi ko‘chmas mulk bozoridagi real vaziyatni aniqroq aks ettirish, hududlar bo‘yicha narxlar dinamikasini to‘g‘ri tahlil qilish hamda davlatning uy-joy siyosatini shakllantirishda ishonchli statistik ma’lumotlardan foydalanish imkonini beradi.

custom img

5 milliard so‘mlik zarar: xalqaro qidiruvdagi shaxs Turkiyada qo‘lga olindi

Mazkur shaxs ajratilgan kredit mablag‘larini o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilganlikda gumon qilinmoqda.

custom img

Banklarda 461 mlrd so‘mlik firibgarlikning oldi olindi: 18 milliondan ortiq operatsiya cheklandi

O‘zbekistonda 2026-yilning dastlabki 6 oyida zararli dastur aniqlangani sabab 1,28 millionta qurilmada bank ilovalaridan foydalanish cheklangan.

custom img

Angrenda bemor “probasiz” ukol ortidan komaga tushdimi? Holat yuzasidan tekshiruv boshlandi

Tekshiruv yakunlari asosida holatga huquqiy va tibbiy jihatdan baho berilishi ma’lum qilindi.

custom img

«Chiqarilgan hukmdan ozgina noroziman»: tayinlangan jazo yuzasidan sud munosabat bildirdi

Toshkent shahar sudi YPX inspektori o‘limiga sababchi bo‘lgan sudlanuvchiga 2,4 yillik jazo berilgani yuzasidan izoh berdi.

custom img

"Yil o‘qituvchisi" tanlovi: Qoraqalpog‘istonlik pedagog 50 ming dollar mukofotni qo‘lga kiritdi

Respublika bo‘yicha 208 nafar, Qoraqalpog‘istondan esa 17 nafar o‘qituvchi ushbu tanlovda g‘olib deb topildi.

custom img

Toshkent osmonida yorqin obyekt kuzatildi: mutaxassislar dastlabki xulosani berdi

Toshkent osmonida kuzatilgan yorqin obyekt meteor yoki bolid emasligi aytildi. Hodisa Xitoydan uchirilgan raketa bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

custom img

616 mln so‘mlik mukofot: “Yil o‘qituvchisi” g‘oliblari aniqlandi

Tanlovda 46 mingdan ortiq pedagog ishtirok etdi. G‘oliblar uch bosqichda saralandi.

custom img

17 yoshli o‘quvchi gashish bilan ushlandi: jo‘natma Rossiyadan yuborilgan

Giyohvandlik vositalari konserva qutisiga yashirilgan bo‘lgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"