Jahon

Tramp Xitoyni saylovlarga aralashganlikda aybladi

Ammo u 2020-yilgi AQSH prezidentlik saylovlariga aralashganlik da’volarini tasdiqlovchi aniq dalillarni taqdim etmagan.

Tramp Xitoyni saylovlarga aralashganlikda aybladi

 

AQSH prezidenti Donald Tramp Xitoyni 2020-yilgi prezidentlik saylovlariga aralashganlikda ayblab, Pekin “AQSH saylovlari tarixidagi eng yirik ma’lumotlar buzilishi”ni amalga oshirganini da’vo qildi. U bu haqda Oq uyda qilgan murojaati davomida ma’lum qildi.


 
Trampning aytishicha, maxfiylikdan chiqarilgan razvedka hujjatlarida Xitoy AQSHdagi millionlab saylovchilarga oid ma’lumotlarni qo‘lga kiritgani qayd etilgan. Prezident ushbu ma’lumotlar 2020-yilgi saylov natijalariga ta’sir ko‘rsatgan bo‘lishi mumkinligini bildirgan, biroq o‘z bayonotini tasdiqlovchi aniq dalillarni ommaga taqdim etmadi.


 
Reuters qayd etishicha, Trampning yangi ayblovlari AQSH razvedka hamjamiyatining avvalgi xulosalariga zid. Ilgari e’lon qilingan rasmiy baholashlarda Xitoy AQSH siyosiy jarayonlariga ta’sir o‘tkazishga uringani haqida ma’lumotlar mavjud bo‘lsa-da, 2020-yilgi prezidentlik saylovi natijalarini o‘zgartirganiga oid dalillar topilmagan. Shuningdek, ko‘plab sud qarorlari, qayta ovoz sanash jarayonlari va mustaqil tekshiruvlar Jo Baydenning g‘alabasini tasdiqlagan hamda keng ko‘lamli saylov firibgarligi aniqlanmaganini ko‘rsatgan.


 
Tramp o‘z murojaatida saylov xavfsizligini kuchaytirish zarurligini ham ta’kidlab, shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar bilan ovoz berish talablarini kuchaytirishni yana bir bor qo‘llab-quvvatlagan. Uning ma’muriyati saylov tizimidagi zaifliklar bo‘yicha ayrim razvedka materiallarini maxfiylikdan chiqarganini ham ma’lum qilgan.


 
Tahlilchilarning fikricha, Trampning Xitoyga nisbatan yangi ayblovlari Vashington va Pekin o‘rtasidagi munosabatlarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Reuters manbalariga ko‘ra, ikki davlat rahbarlari o‘rtasida yaqin oylar ichida rejalashtirilgan uchrashuv oldidan bunday bayonotlar diplomatik muhitni murakkablashtirishi ehtimoldan xoli emas.

custom img

Kongo DRda to‘y marosimida yong‘in chiqib, 22 kishi halok bo‘ldi

Kongo bosh vazirining o‘rinbosari va ichki ishlar vaziri voqea joyiga tashrif buyurgan.

custom img

AQSh Eronga tankerlar flotini to‘liq yo‘q qilish bilan tahdid qildi

AQSH urush vazirining so‘zlariga ko‘ra, Eronning tankerlar floti himoyasiz.

custom img

Putin Trampning maxsus vakillari bilan Ukrainadagi urushni tugatish masalasini muhokama qildi

Biroq uchrashuv yakunida kelishuvga erishilgani yoki sezilarli siljish bo‘lgani haqida ma’lumot berilmadi.

custom img

2023-yildan beri Isroilning Livanga hujumlarida qariyb 9 ming kishi halok bo‘ldi

2-martdan beri tez yordam brigadalariga 179 dan ortiq hujum qayd etilgan, ularda 135 nafar tibbiyot xodimi halok bo‘lgan.

custom img

AQSh Eronning uchta neft tankeriga zarba berdi

Hujum IIQK tomonidan AQSh harbiy-dengiz kuchlarining ikki kemasiga ballistik raketalar uchirilganidan keyin amalga oshirilgan.

custom img

YI davlatlari noqonuniy migrantlarni Yevropadan tashqaridagi qaytarish markazlariga yubormoqchi

Daniya, Germaniya, Avstriya, Niderlandiya va Gretsiya bu borada uchinchi davlatlar bilan kelishuvlar tuzishni rejalashtirmoqda.

custom img

BMT dunyo xaritasini o‘zgartirishni ma’qulladi

Qaror Merkator proyeksiyasida Afrikaning haqiqiy hajmi aks ettirilmagani bilan bog‘liq.

custom img

Qozog‘istonga pullik elektron kirish ruxsatnomasi viza hisoblanmaydi — ekspert

ETA uchun to‘lov viza to‘lovi hisoblanmaydi, biroq majburiy tartib joriy etilsa, sayohatchilar uchun qo‘shimcha xarajatga aylanishi mumkin.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"