O'zbekiston

Transport sanoatida yangi bosqich: “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasi qanday imkoniyatlarni ochdi?

Tadbir yakunida umumiy qiymati 714 milliard so‘mlik 10 mingdan ortiq davlat xaridlari shartnomalari hamda 90 dan ziyod hamkorlik memorandumlari imzolandi.

Transport sanoatida yangi bosqich: “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasi qanday imkoniyatlarni ochdi?

Bugungi kunda transport tarmog‘ini zamonaviylashtirish nafaqat yangi infratuzilma yaratish, balki ushbu soha ehtiyojlarini mahalliy ishlab chiqaruvchilar hisobidan qoplashni ham talab etmoqda. Import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish, ichki sanoat salohiyatini kengaytirish va davlat buyurtmalarida mahalliy korxonalar ishtirokini oshirish iqtisodiy taraqqiyotning muhim omillaridan biriga aylanmoqda. Shu maqsadda tashkil etilgan “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasi transport sanoatining bugungi imkoniyatlari va ertangi istiqbolini namoyon etdi.

 



Joriy yilning 15–16-iyul kunlari Samarqand viloyati Jomboy tumanidagi “Sof Expo” ko‘rgazma markazida o‘tkazilgan mazkur tadbir Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi, Transport vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi, transport sohasining yirik davlat buyurtmachilari hamda tarmoq korxonalari hamkorligida tashkil etildi.

 



Ko‘rgazma ikki kun davomida transport sohasida faoliyat yuritayotgan davlat buyurtmachilari, mahalliy ishlab chiqaruvchilar, investorlar, ilmiy markazlar va biznes vakillarini yagona platformada jamladi. Tadbir transport tarmog‘ida kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish, yangi ishlab chiqarish zanjirlarini shakllantirish va mahalliy korxonalarning bozor imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qildi.

 



Ko‘rgazmada transport sohasining 5 ta yirik tarmoq korxonasi, 80 dan ortiq mahalliy ishlab chiqaruvchi hamda 2 mingdan ziyod mahsulot namoyish etildi. Temir yo‘l, fuqaro aviatsiyasi, avtomobil yo‘llari, shahar transporti va logistika yo‘nalishlari uchun ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar, zamonaviy uskunalar, butlovchi qismlar, innovatsion ishlanmalar va istiqbolli sanoat loyihalari ishtirokchilar e’tiboriga havola qilindi.

 

 

Mazkur ko‘rgazmaning eng muhim jihati shundaki, unda ishlab chiqaruvchilar nafaqat o‘z mahsulotlarini namoyish etdi, balki yirik davlat buyurtmachilarining amaldagi va istiqboldagi ehtiyojlari bilan bevosita tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Transport sohasi tashkilotlari tomonidan 2026-yil va undan keyingi davrlarga mo‘ljallangan xarid rejalari, mahsulotlarga qo‘yiladigan texnik talablar, sifat mezonlari hamda yillik ehtiyoj hajmi haqida batafsil ma’lumot berildi.

 



Bu esa tadbirkorlarga bozor talablarini chuqur tahlil qilish, yangi ishlab chiqarish yo‘nalishlarini belgilash va ishlab chiqarish quvvatlarini real ehtiyojlardan kelib chiqib rivojlantirish imkonini yaratdi. Ayniqsa, bugungi kunda chetdan import qilinayotgan mahsulotlarning mahalliy muqobillarini ishlab chiqarishga oid takliflar ko‘plab korxonalar uchun yangi biznes yo‘nalishlarini ochib berdi.

 



Ko‘rgazma doirasida tashkil etilgan 30 ta B2B va 20 ta B2G uchrashuvlari tadbirning amaliy ahamiyatini yanada oshirdi. Mahalliy ishlab chiqaruvchilar yirik davlat buyurtmachilari, tijorat banklari, investorlar va ilmiy muassasalar bilan bevosita muzokaralar olib bordi. Uchrashuvlarda sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, mahalliylashtirish darajasini oshirish, uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda kafolatli xarid va offtake shartnomalarini tuzish masalalari muhokama qilindi. Muloqotlar natijasida 90 dan ortiq hamkorlik memorandumlari imzolandi. Bu esa transport sanoatida yangi loyihalarni amalga oshirish va mahalliy ishlab chiqarish hajmini kengaytirish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishilganini anglatadi.

 

 


Ko‘rgazmada ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasiga ham alohida e’tibor qaratildi. Oliy ta’lim muassasalari, ilmiy markazlar va startap jamoalari tomonidan transport sohasiga oid innovatsion ishlanmalar, raqamli texnologiyalar va ilmiy yechimlar taqdim etildi. Muhandis-texnik mutaxassislarni tayyorlash, dual ta’limni rivojlantirish hamda R&D markazlari bilan hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan tashabbuslar ham ishtirokchilar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi.

 



Ko‘rgazmaning yana bir muhim jihati uning amaliy natijalarida namoyon bo‘ldi. Yakuniy hisob-kitoblarga ko‘ra, davlat xaridlari doirasida 10 mingdan ortiq shartnomalar imzolandi. Ularning umumiy qiymati 714 milliard so‘mni tashkil etdi. Mazkur kelishuvlar transport sohasida mahalliy ishlab chiqaruvchilar ulushini oshirish, ichki sanoatni qo‘llab-quvvatlash va yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish uchun muhim iqtisodiy zamin yaratadi.

 



Bugungi globallashuv sharoitida iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, avvalo, ichki ishlab chiqarish salohiyatiga tayanishni talab qiladi. Shu nuqtayi nazardan, “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasi transport sohasida mahalliy korxonalar imkoniyatlarini namoyon etish, davlat buyurtmachilarini mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan bevosita bog‘lash hamda uzoq muddatli sanoat kooperatsiyasini rivojlantirishning samarali modeliga aylandi.

 



Ko‘rgazma davomida erishilgan natijalar transport tarmog‘ida mahalliy kontent ulushini oshirish, importga qaramlikni kamaytirish, yangi ishlab chiqarish zanjirlarini yaratish va investitsiyalarni jalb etish borasidagi ishlar izchil davom etayotganini yaqqol namoyon etdi. Bu esa kelgusida mamlakatimiz transport sanoatining raqobatbardoshligini oshirish va milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishiga xizmat qiladigan muhim omillardan biri bo‘lib qoladi.

 

 

Ko‘rgazma yakunida o‘zining innovatsion yondashuvi, ilg‘or texnologik yechimlari hamda sanoat kooperatsiyasini rivojlantirishga qo‘shayotgan hissasi bilan ajralib turgan ishtirokchilar tantanali ravishda taqdirlandi. G‘oliblar “Eng yaxshi innovatsion stend”, “Eng istiqbolli innovatsion startap”, “Eng istiqbolli transport loyihasi”, “Import o‘rnini bosuvchi eng yaxshi loyiha” hamda “Eng samarali sanoat zanjiri loyihasi” nominatsiyalari bo‘yicha e'tirof etildi.

custom img

Alimentdan qarzdor ota makkajo‘xori dalasidan topildi

Maʼlumotlarga ko‘ra, qarzdor fuqaro hozirgi kunga qadar 37 million so‘m aliment pullarini to‘lamasdan qochib yurgan.

custom img

Toshkentda qurilishi tugallanmagan binoda yong‘in chiqdi

Yakkasaroy tumanida sodir bo‘lgan yong‘in qisqa vaqt ichida o‘chirildi. Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.

custom img

Jazirama sabab Toshkentda minglab iste’molchilar elektrsiz qoldi

Olmazor, Chilonzor, Yunusobod, Sergeli va boshqa tumanlarda jami 8 250 iste’molchining elektr ta’minoti uzildi.

custom img

"Poytaxt Parking" XDP tanqidiga rasmiy munosabat bildirdi

Kompaniya o‘zini pulli avtoturargohlar operatori ekanini, jarimalar qo‘llamasligi va yig‘ilgan mablag‘lar shahar budjetiga yo‘naltirilishini ma’lum qildi.

custom img

O‘zbekistonda jazirama sabab elektrga vaqtinchalik cheklovlar o‘rnatilmoqda

Qashqadaryo, Jizzax, Xorazm va Toshkent viloyatlaridan minglab iste’molchilar vaqtincha elektr ta’minotidan uzilgan.

custom img

O‘rmon yong‘inlari sabab JCH-2026 finali ko‘chirilishi mumkin

Kanadadagi yirik o‘rmon yong‘inlari oqibatida Shimoliy Amerikada havo sifati keskin yomonlashgan.

custom img

Xorazmda Rossiyada olib kelingan qariyb 1,3 kg gashish musodara qilindi

Shuningdek, Yuqorichirchiq tumanida narkokuryerlar xufiya joyga qoldirib ketgan 700 gramm gashishni olayotgan fuqaro qo‘lga olindi.

custom img

Buxoro va Qoraqalpog‘istonda noqonuniy dori savdosiga chek qo‘yildi

Yashirin sexda qalbaki dori tayyorlagan shaxs, yana bir tadbirkor esa dori vositalarini 5 600 dollarga sotayotgan vaqtida ushlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"