O'zbekiston

Yarim yilda elektr va gaz ta’minoti bo‘yicha 39 mingdan ortiq murojaat kelib tushdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev mas’ullarga kuz-qish mavsumi boshlanishidan oldin takrorlanayotgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Yarim yilda elektr va gaz ta’minoti bo‘yicha 39 mingdan ortiq murojaat kelib tushdi

Prezident Shavkat Mirziyoyevga yoqilg‘i-energetika sohasidagi murojaatlar tahlili yuzasidan axborot taqdim etildi.

 

Unda qayd etilishicha, 2026-yilning birinchi yarmida aholidan elektr va gaz ta’minoti masalalari bo‘yicha 39 ming 220 ta murojaat kelib tushgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 26,1 foizga kamaygan bo‘lsa-da, tizimdagi muammolar saqlanib qolmoqda.

 

Murojaatlarning qariyb yarmi tabiiy va suyultirilgan gaz ta’minoti, 38,3 foizi esa elektr ta’minoti bilan bog‘liq bo‘lgan.

 

Fuqarolar asosan elektr energiyasining tez-tez uzilishi, eskirgan elektr tarmoqlari va transformatorlarni ta’mirlash, tabiiy gaz bosimining pastligi hamda gaz ballonlarini o‘z vaqtida to‘ldirish va yetkazib berish masalalari yuzasidan murojaat qilgan.

 

Yig‘ilishda har bir murojaat alohida shikoyat emas, balki muayyan hududdagi tizimli muammolarni ko‘rsatuvchi signal sifatida baholanishi kerakligi ta’kidlandi.

 

Prezident mas’ullarga kuz-qish mavsumi boshlanguniga qadar aholi tomonidan takroran murojaat qilinayotgan mahallalarni o‘rganish, elektr va gaz tarmoqlarining texnik holatini tekshirish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha alohida chora-tadbirlar ishlab chiqishni topshirdi.

 

Shuningdek, elektr uzilishlari ko‘p kuzatilayotgan hududlarda tarmoqlar va transformatorlarni ta’mirlash, avariya brigadalarini doimiy shay holatda saqlash, gaz bosimi past bo‘lgan hududlarda esa ta’minotni barqarorlashtirish hamda gaz ballonlarini yetkazib berish grafiklariga qat’iy rioya etish vazifalari belgilandi.

 

Davlat rahbari mas’ullarga sovuq mavsum boshlanishidan oldin murojaatlarda ko‘tarilgan asosiy muammolarni bartaraf etish hamda aholi va ijtimoiy obyektlarni elektr energiyasi, gaz va boshqa yoqilg‘i resurslari bilan uzluksiz ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Shar sabab elektr uzildi: to‘rtta tuman elektrsiz qoldi

Shar sabab elektr uzildi: to‘rtta tuman elektrsiz qoldi

Barcha iste’molchilarga elektr energiyasi yetkazib berish 33 daqiqada to‘liq tiklandi.

Serjio Gor “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi

Serjio Gor “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi

Farmonda uning investitsiyalarni jalb qilish, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish va qo‘shma loyihalarni ilgari surishdagi xizmatlari e’tirof etilgan.

Marko Rubio “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlandi

Marko Rubio “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlandi

AQSh Davlat kotibi ushbu orden bilan O‘zbekiston va AQSh hamkorligini rivojlantirishdagi xizmatlari uchun taqdirlandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSh Davlat kotibi Marko Rubio bilan uchrashdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSh Davlat kotibi Marko Rubio bilan uchrashdi

O‘zbekiston Prezidenti va AQSh Davlat kotibi strategik sheriklikni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildi.

Rossiyaga ketayotgan o‘zbekistonliklar kamaydi: mehnat migrantlari soni 13,2 foizga tushdi

Rossiyaga ketayotgan o‘zbekistonliklar kamaydi: mehnat migrantlari soni 13,2 foizga tushdi

Shu bilan birga, Rossiyadan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi 8,8 foizga oshdi.

60 km/soat o‘rniga 201 km/soat: Buxoroda Malibu-2 haydovchisi ushlandi

60 km/soat o‘rniga 201 km/soat: Buxoroda Malibu-2 haydovchisi ushlandi

Haydovchi davlat raqamlarini o‘zboshimchalik bilan yechib, avtomobil saloniga qo'ygan va shahar ichida yuqori tezlikda harakatlangan.

C5+1 doirasidagi muhim yangilik: O‘zbekistonda Google Pay ishga tushdi

C5+1 doirasidagi muhim yangilik: O‘zbekistonda Google Pay ishga tushdi

Yangilik C5+1 formatidagi tadbirlar doirasida e’lon qilindi.

17 yoshli kuryer bilan mojaro: restoran xodimi 5 sutkaga qamaldi

17 yoshli kuryer bilan mojaro: restoran xodimi 5 sutkaga qamaldi

Tekshiruvda piyodalar yo‘lagidan foydalanish qoidabuzarliklari ham aniqlanib, yozgi maydoncha olib tashlandi.