Jahon

Anomal issiq fonida elektr iste’moli rekordi yangilandi

Elektr energiyasi iste’moli va ishlab chiqarish hajmi avvalgi rekordlardan ham yuqori bo‘ldi.

Anomal issiq fonida elektr iste’moli rekordi yangilandi

 

O‘zbekiston yagona energetika tizimida 2026-yil 17-iyul kuni elektr energiyasi iste’moli va ishlab chiqarish bo‘yicha navbatdagi rekord ko‘rsatkichlar qayd etildi.

 

Energetika vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, sutkalik elektr energiyasi iste’moli 293,4 mln kVt·soatni tashkil etib, o‘tgan yil yozgi mavsumidagi eng yuqori ko‘rsatkichdan 20,8 mln kVt·soatga yoki 7,6 foizga yuqori bo‘lgan.

 

Shuningdek, sutkalik elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi 296,1 mln kVt·soatni tashkil etib, 16-iyulda qayd etilgan rekorddan 0,7 mln kVt·soatga (0,24 foizga) oshgan.

 

Kichik quvvatli quyosh fotoelektr stansiyalari ishlab chiqargan energiya bilan birgalikda 17-iyul kuni mamlakat bo‘yicha jami 305 mln kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Bu avvalgi kun ko‘rsatkichidan 9,6 mln kVt·soatga yoki 3,2 foizga ko‘pdir.

 

Qayd etilishicha, dispetcherlik xizmatlari elektr tarmoqlaridagi yuklama hamda transformator va boshqa uskunalarning texnik holatini real vaqt rejimida doimiy nazorat qilmoqda. Zarurat tug‘ilganda yuklamani qayta taqsimlash va boshqa tezkor choralar ko‘rilib, texnologik nosozliklar hamda yirik uzilishlarning oldi olinmoqda.

custom img

Apple iPhone 18 Pro va 18 Pro Max’ni taqdim etdi

Yangi modellarga 12-sentyabrdan oldindan buyurtma berish mumkin. Qurilmalar 18-sentyabrdan sotuvga chiqariladi.

custom img

Suriyaning Idlib viloyatida qurol ombori portladi: 14 kishi halok bo‘ldi

Rasmiylar hodisaga nima sabab bo‘lganini hozircha ma’lum qilmadi.

custom img

Yaqin Sharqdagi keskinlik fonida Brent nefti narxi 100 dollarga yaqinlashdi

Neft narxining oshishiga AQSh va Eron o‘rtasidagi qarama-qarshilikning kuchayishi sabab bo‘lmoqda.

custom img

AQSH Rossiya va Ukrainani yarashtirishga yana urindi

Bloomberg agentligining AQSH va Yevropadagi Rossiya-Ukraina urushi bo‘yicha vaziyatdan xabardor manbalariga tayanib xabar berishicha, Rossiya bilan muzokaralarni qayta boshlashga qaratilgan so‘nggi diplomatik urinishlar hozircha natija bermagan. Bu esa Rossiya-Ukraina urushi yaqin vaqt ichida tugashi bo‘yicha aniq belgilar yo‘qligini ko‘rsatmoqda.

custom img

Tramp uch nafar yaqin yordamchisiga 45 ming dollardan Rojdestvo sovg‘asi bergan

Huquqshunos bunday to‘lovlar federal qonunchilikka zid bo‘lishi mumkinligini aytdi.

custom img

Fransiyadagi muzeydan 9 million yevrolik kartinalar o‘g‘irlandi

Ikki asar topilgan, yana ikkitasi qidirilmoqda.

custom img

Xitoy va Rossiya Shimoliy Koreya bilan strategik aloqalarni kuchaytirishini bildirdi

Si Szinpin va Vladimir Putin Kim Chen Inga KXDR tashkil topganining 78 yilligi munosabati bilan yo‘llagan tabrik maktublarida Pxenyan bilan hamkorlikni yana-da rivojlantirishga tayyorligini taʼkidlagan.

custom img

Serbiya O‘zbekiston bilan ballistik raketalar ishlab chiqarishda hamkorlik qilishga tayyorligini ma’lum qildi

Aleksandr Vuchich Serbiya uzoq masofaga uchuvchi ballistik raketalar ishlab chiqarishni bir yil ichida boshlashi mumkinligini ma’lum qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"