Jahon

Belgiya bosib olingan Falastin yerlarida ishlab chiqarilgan Isroil mahsulotlarini import qilishni taqiqladi

Ispaniya, Niderlandiya, Sloveniya va Irlandiya ham shunday cheklovlar joriy etgan edi.

Belgiya bosib olingan Falastin yerlarida ishlab chiqarilgan Isroil mahsulotlarini import qilishni taqiqladi

Belgiya federal hukumati bosib olingan Falastin hududlaridagi Isroil manzilgohlarida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni mamlakatga olib kirishni taqiqlashni ma’qulladi. Bu haqda Al Jazeera xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, qaror hukumatning yozgi ta’til oldidan o‘tkazilgan so‘nggi Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishida qabul qilingan. Mazkur taqiq Isroilning G‘azodagi harbiy amaliyotlari fonida Belgiya hukumati o‘tgan yili bergan va’dasining bajarilishi sifatida baholanmoqda.

 

Belgiya tashqi ishlar vaziri Maksim Prevo avvalroq Bryusselda o‘tgan yig‘ilishda Yevropa Ittifoqi bo‘ylab ham shunday taqiq joriy etishga chaqirgan. Biroq a’zo davlatlar bu masalada hozircha yagona qarorga kela olmagan.

 

Joriy yilda Global Echo Litigation Center tomonidan o‘tkazilgan tergov davomida Isroildan Yevropaga eksport qilingan 30 mingdan ortiq hujjat tahlil qilingan. Unda G‘arbiy Sohil va Golan tepaliklaridagi Isroil manzilgohlarida yetishtirilgan mahsulotlar ko‘pincha Isroilda ishlab chiqarilgan mahsulot sifatida rasmiylashtirilgani aniqlangan.

 

Belgiya bu borada mustaqil choralar ko‘rgan Yevropa davlatlari qatoriga qo‘shildi. Avvalroq Ispaniya, Niderlandiya, Sloveniya va Irlandiya ham Isroil manzilgohlarida ishlab chiqarilgan mahsulotlarga nisbatan cheklovlar joriy etgan edi.

 

Sobiq Yevropa amaldorlari esa Yevropa Ittifoqini ushbu masalada umumiy taqiq joriy etishga chaqirib, alohida davlatlar qabul qilayotgan qarorlar yagona ittifoq siyosatisiz cheklangan samara berishini ta’kidlagan.

Istanbuldagi suv toshqinlari: sakkiz kishi halok bo‘ldi

Istanbuldagi suv toshqinlari: sakkiz kishi halok bo‘ldi

Rasmiylarga tabiiy ofat yetkazgan moddiy zarar yuzasidan qariyb 20 mingta murojaat kelib tushgan.

Dunyoda oziq-ovqat qimmatlashadi: narxlar 2027-yilgacha oshishi kutilmoqda

Dunyoda oziq-ovqat qimmatlashadi: narxlar 2027-yilgacha oshishi kutilmoqda

Dengiz orqali yuk tashishdagi uzilishlar, urushlar va qurg‘oqchilik global oziq-ovqat narxlarining oshishiga sabab bo‘lmoqda.

Yaqin Sharqda vaziyat keskinlashishi mumkin: AQSH fuqarolarini ogohlantirdi

Yaqin Sharqda vaziyat keskinlashishi mumkin: AQSH fuqarolarini ogohlantirdi

Fuqarolarga transportdagi ehtimoliy uzilishlar va reyslar bekor qilinishini hisobga olish tavsiya etildi.

“Bundan ham kuchli zarbalar olasiz” — Netanyaxu

“Bundan ham kuchli zarbalar olasiz” — Netanyaxu

Isroil Bosh vaziri mamlakat dushmanlariga yanada kuchli zarbalar berilishi mumkinligini bildirdi.

“Mojaroning markazida Donbass masalasi turibdi” — Rubio

“Mojaroning markazida Donbass masalasi turibdi” — Rubio

AQSh Davlat kotibi Ukrainadagi urushni tugatish bo‘yicha kelishuvga erishish qiyinligicha qolayotganini bildirdi.

Ramazon qachon boshlanadi? Qirg‘iziston va Qozog‘iston dastlabki sanani e’lon qildi

Ramazon qachon boshlanadi? Qirg‘iziston va Qozog‘iston dastlabki sanani e’lon qildi

Sanalar yangi oyning ko‘rinishiga qarab bir kunga oldinga yoki keyinga surilishi mumkin.

“Bizning ham tugallanmagan ishlarimiz bor”: Eron AQShni ogohlantirdi

“Bizning ham tugallanmagan ishlarimiz bor”: Eron AQShni ogohlantirdi

Aroqchi Netanyaxuni AQShni Eron bilan yangi urushga tortishga urinayotganlikda aybladi.

Pekin qarib bormoqda: 2035-yilga kelib aholining uchdan biri 60 yoshdan oshadi

Pekin qarib bormoqda: 2035-yilga kelib aholining uchdan biri 60 yoshdan oshadi

2025-yil oxirida shaharda bu yosh guruhiga mansub 5,29 million kishi yashagan.