O'zbekiston

Energetika tizimida bitiruvchilarni ishga qabul qilish boshlandi

Mehnat yarmarkasida 100 dan ortiq bitiruvchi ish beruvchilar bilan uchrashdi, 80 nafardan ortig‘i suhbat bosqichiga yo‘llanma oldi.

Energetika tizimida bitiruvchilarni ishga qabul qilish boshlandi

 

Davlat rahbarining 30-iyun kuni bergan topshirig‘i ijrosi doirasida Energetika vazirligi tashabbusi bilan Toshkent davlat texnika universitetida oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari uchun ochiq muloqot va bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etildi.

 

     

 

Tadbirda Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov, energetika tizimidagi yirik korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda Toshkent davlat texnika universiteti, I.M. Gubkin nomidagi Neft va gaz universiteti, "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti va I.D. Mendeleyev nomidagi Kimyo-texnologiya universiteti rahbarlari ishtirok etdi.

 

       

 

Ochiq muloqot davomida bitiruvchilarga energetika korxonalaridagi bo‘sh ish o‘rinlari, mehnat sharoitlari va kasbiy rivojlanish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

 

Shuningdek, tadbirda "100 nafar yosh energetik" loyihasiga start berilgani e’lon qilindi. Mazkur loyiha doirasida istiqbolli yosh mutaxassislar saralanib, nufuzli xorijiy kompaniyalarda stajirovka o‘tashi hamda kelgusida rahbar kadrlar zaxirasiga kiritilishi rejalashtirilgan.

 

         

 

Tadbir yakunida Energetika vazirligi va oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik memorandumlari imzolandi.

 

Ma’lum qilinishicha, yarmarka davomida 100 nafardan ortiq bitiruvchi ish beruvchilar bilan uchrashgan, 80 nafardan ortig‘i esa mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha dastlabki suhbat bosqichiga taklif etilgan.

custom img

O‘zbekiston Qahramoni Parda Ziyatov 79 yoshida vafot etdi

Taniqli fermer vafoti munosabati bilan Prezident Shavkat Mirziyoyev hamdardlik bildirdi.

custom img

Qimmat narxda xarid qilingan suyuq sovun: Samarqandda 1,1 mlrd so‘mlik byudjet mablag‘i talon-toroj qilingan

Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mas’ul shaxslari 90 863 dona suyuq sovunni qimmat narxda xarid qilib, byudjet mablag‘larini talon-toroj qilganlikda gumon qilinmoqda.

custom img

“Jarima maydonchasi” moduli: Toshkentda jarima maydonchalari bo‘yicha yangi tartib

Qonunchilikni buzganlik uchun ushlangan transport vositalarini vaqtincha saqlash joylariga olib kelish, joylashtirish va saqlash tartibi belgilandi.

custom img

Yangi terminal va 3,5 mln yo‘lovchi: Andijon aeroporti imkoniyatlari kengaytiriladi

Andijon xalqaro aeroportini rekonstruksiya qilish loyihasining 1,1 trln so‘mlik ikkinchi bosqichi davom etmoqda. Yangi terminal ishga tushgach, aeroportning yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish quvvati soatiga 1 ming nafargacha oshadi.

custom img

Qaysi hududda qaysi kasbga talab yuqori? Texnikumlarga qabul tahlil qilindi

O‘zbekistonda texnikumlarda eng talabgir kasb va mutaxassisliklar aniqlandi.

custom img

200 ming dollargacha: pul mukofotlari miqdori oshirildi

Xalqaro nufuzli shaxmat musobaqalarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan o‘zbekistonlik shaxmatchilar hamda ularning trenerlari uchun bir martalik pul mukofotlari ko‘paytirildi.

custom img

Energetika loyihalarini rejalashtirish tizimi o‘zgartiriladi: yangi boshqaruv modeli taklif qilindi

Endilikda energetika loyihalari, eng avvalo, iqtisodiyot, aholi va hududlarning istiqboldagi ehtiyojidan kelib chiqib shakllantiriladi.

custom img

Tibbiyot chiqindilarini yo‘q qilishdagi muammolar: sog‘liqni saqlash vaziriga senator so‘rovi yuborildi

Tibbiyot chiqindilarini yoqish, maishiy chiqindi sifatida sanitariya-tozalash korxonalariga topshirish holatlari aniqlangani qayd etildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"