Jahon

Pokiston va Quvayt mudofaa hamkorligini kengaytirish bo‘yicha muzokara o‘tkazmoqda

Manbalarga ko‘ra, Islomobod buning evaziga energetika sohasidagi hamkorlik va investitsiyalarni kengaytirishga umid qilmoqda.

Pokiston va Quvayt mudofaa hamkorligini kengaytirish bo‘yicha muzokara o‘tkazmoqda


Pokiston va Quvayt mudofaa sohasidagi hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Reuters agentligining besh nafar xabardor manbaga tayanib xabar berishicha, muzokaralar hali dastlabki bosqichda bo‘lib, yakuniy kelishuvga erishilishi mintaqadagi geosiyosiy vaziyatga ham bog‘liq.


 
Manbalarga ko‘ra, Quvayt 2023-yildan buyon amal qilib kelayotgan amaldagi mudofaa hamkorligi kelishuvidan ham kengroq bitim tuzishni istamoqda. Yangi hujjat Pokiston bilan Saudiya Arabistoni o‘rtasida avval imzolangan strategik mudofaa bitimiga o‘xshash bo‘lishi, unda Pokiston harbiy xizmatchilari, qiruvchi samolyotlar, uchuvchisiz apparatlar, havo mudofaasi tizimlari va boshqa harbiy vositalarning joylashtirilishi nazarda tutilishi mumkin. Biroq Pokiston rasmiylari hozircha jangovar qo‘shinlarni Quvaytga yuborish masalasi ko‘rib chiqilmayotganini bildirgan.


 
Reuters manbalariga ko‘ra, Islomobod mazkur hamkorlik evaziga Quvayt bilan energetika sohasidagi aloqalarni mustahkamlashni maqsad qilgan. Xususan, neft mahsulotlarini saqlash infratuzilmasini rivojlantirish hamda Quvayt investitsiyalarini jalb etish masalalari muzokaralarning muhim qismi hisoblanadi.


 
Quvayt Pokistonni uzoq yillardan buyon ishonchli harbiy hamkor sifatida ko‘rib keladi. Ikki davlat o‘rtasidagi harbiy aloqalar o‘nlab yillardan buyon davom etib, Pokiston harbiy mutaxassislari Quvayt armiyasini tayyorlash va maslahat berish ishlarida ishtirok etib kelmoqda. Shuningdek, Pokiston harbiylari avval ham Fors ko‘rfazi davlatlarida xizmat qilgan.


 
Manbalarga ko‘ra, Pokiston, Saudiya Arabistoni va Turkiya o‘rtasida ham mintaqaviy xavfsizlik bo‘yicha yangi tashabbuslar muhokama qilinmoqda. Bahrayn va Iordaniya ham Islomobod bilan shunga o‘xshash mudofaa hamkorligini yo‘lga qo‘yishga qiziqish bildirgan. Biroq hozircha Pokiston va Quvayt o‘rtasidagi muzokaralar yakuniga yetmagan va tomonlar rasmiy kelishuv imzolash bo‘yicha qaror qabul qilmagan.

custom img

Maktabdagi otishma: Turkiyada 10 kishi yaralandi

15 yoshli o‘quvchi miltiq bilan maktab oldiga borib, otishma uyushtirgan.

custom img

5 mlrd dollar ajratiladi: AQSH Yaqin Sharq energetikasini tiklashni taklif qildi

Umumiy qiymati 10 mlrd dollarga yetishi mumkin bo‘lgan fond Hurmuz bo‘g‘oziga neft va gaz tashishda qaramlikni kamaytiruvchi infratuzilmani rivojlantirishga ham yo‘naltiriladi.

custom img

Generallar ham qutula olmadi: Xitoyda ikki yuqori martabali harbiy haydaldi

Generallar partiyaga sadoqatsizlik, guruhbozlik, mansab vakolatlarini suiisteʼmol qilish va korrupsiyada ayblangan.

custom img

Yangi cheklov: AQSh Eron aviakompaniyalarining dunyo bo'ylab parvozlarini to'xtatmoqchi

Eron aviakompaniyalariga xizmat ko‘rsatadigan xorijiy aeroport va kompaniyalar AQSh sanksiyalariga duch kelishi hamda dollar tizimidan uzilishi mumkin.

custom img

Italiya maktablarida xorijiy o‘quvchilar soni cheklanadi: burqa va niqob kiyish ham taqiqlanadi

Ayrim xorijlik o‘quvchilarning ota-onalariga italyan tilini o‘rganish majburiyati yuklatilishi mumkin.

custom img

Tramp uchta yirik OAVga Oq uyga kirishni taqiqladi: jurnalistlar sudga murojaat qildi

Donald Tramp taqiqni “soxta yangiliklar”ga qarshi chora sifatida izohladi.

custom img

Dunyoda dizel taqchilligi kuchaymoqda: tanqislik 2027-yilgacha davom etishi mumkin

Xitoy eksportining oshishi va neftni qayta ishlash korxonalarining yuqori rentabellik bilan ishlayotgani bozordagi bosimni qisman yumshatmoqda.

custom img

Janubiy Koreyada mina portladi: uch harbiy xizmatchi jarohatlandi

Hodisa Janubiy Koreya harbiylari chegara hududida qidiruv ishlarini olib borayotgan paytda yuz bergan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"