O'zbekiston

Prezident Davlat xavfsizlik xizmati rahbari Alisher Usmonov ishdan haydaldi

U ushbu lavozimda 2020-yil dekabridan beri ishlab kelgan.

Prezident Davlat xavfsizlik xizmati rahbari Alisher Usmonov ishdan haydaldi

Prezident Davlat xavfsizlik xizmati (PDXX) rahbari Alisher Usmonov egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

 

Alisher Usmonov mazkur lavozimda 2020-yil dekabr oyidan buyon faoliyat yuritib kelayotgan edi.

 

U Prezident Davlat xavfsizlik xizmatiga rahbar etib tayinlanishidan avval uzoq yillar davomida huquqni muhofaza qiluvchi va xavfsizlik organlarida faoliyat olib borgan. Jumladan, Davlat xavfsizlik xizmati raisining o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

 

Shuningdek, Ichki ishlar vazirligi tizimida ham mas’ul vazifalarda faoliyat yuritgan. Xususan, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Tergov boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida xizmat qilgan.

 

Davlat xavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlash yo‘lidagi xizmatlari uchun 2007-yilda II darajali “Shon-sharaf” ordeni bilan taqdirlangan.

custom img

Tracker rulida 5-sinf o‘quvchisi: Farg‘onada ota javobgarlikka tortildi

Voyaga yetmagan bolaning avtomobil boshqarayotgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

custom img

42 ta sertifikat evaziga 2,1 mln so‘m: Surxondaryoda bo‘lim boshlig‘i pora bilan ushlandi

Sanitariya bo‘limi boshlig‘i maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbariga 42 nafar xodimga sanitariya sertifikatlari berilishini vaʼda qilib, pul talab qilgan.

custom img

Kuzovni ko‘tarish qimmatga tushdi: Qashqadaryodan Samarqandga elektr uzatuvchi tarmoq o‘chdi

Uning o‘chishi Buxoro viloyatidagi shamol elektr stansiyalarining ishlab chiqarish quvvatiga ham taʼsir ko‘rsatgan.

custom img

Peshona suyagini yemirgan o‘simta: 21 yoshli ayolning yuzi 3D implant bilan tiklandi

Olti oy davomida bosh og‘rig‘i va ko‘ngil aynishidan aziyat chekkan ayolda peshona suyagini yemirib borgan o‘sma aniqlandi.

custom img

Ish joyidagi tazyiq va zo‘ravonlik: yangi portal ishga tushiriladi

O‘zbekistonda ish joylarida xavfsiz va hurmatga asoslangan muhit yaratishga qaratilgan yangi dastur amalga oshiriladi.

custom img

O‘quvchilar eshakda maktabga qatnamoqda: MMTB izoh berdi

Mutasaddi tashkilotlar o‘quvchilarning maktabga xavfsiz va qulay qatnovini taʼminlash hamda yo‘l infratuzilmasini yaxshilash choralarini ko‘rib chiqmoqda.

custom img

1,3 gektarlik hududda avtoturargoh: Milliy kutubxona ortidagi loyiha maʼlum qilindi

Toshkentdagi Milliy kutubxona ortidagi hududda davlat-xususiy sheriklik asosida pulli avtoturargoh va jamoat makoni tashkil etish rejalashtirilmoqda.

custom img

Buxoro tarixiy hududida cheklov: elektrosamokat va mopedlar harakati taqiqlanadi

Yangi tartib 2026-yil 1-oktyabrdan kuchga kiradi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"