O'zbekiston

Qariyb 1800 nafar tadbirkorning elektr energiyasi bo‘yicha imtiyozi tiklandi

To‘qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalaridan elektr energiyasi uchun oldindan to‘lov undirish amaliyoti to‘xtatildi.

Qariyb 1800 nafar tadbirkorning elektr energiyasi bo‘yicha imtiyozi tiklandi


Biznes-ombudsman Namangan shahridagi "M.G." MCHJ murojaati asosida to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlariga qonunchilikda belgilangan imtiyozlarning qo‘llanilishi yuzasidan respublika miqyosida o‘rganish o‘tkazdi.


 
Ma’lum qilinishicha, Prezidentning 2023-yil 10-yanvardagi PF–2-son Farmoniga muvofiq, mazkur sohada faoliyat yurituvchi tadbirkorlar uchun elektr energiyasi iste’moli bo‘yicha bir oylik oldindan to‘lov talabi bekor qilingan.


 
Biroq o‘rganish davomida respublikaning ko‘plab hududlaridagi korxonalarga nisbatan ushbu imtiyoz amalda qo‘llanilmagani, ulardan elektr energiyasi uchun oldindan to‘lov undirish amaliyoti davom etayotgani aniqlangan.


 
Shundan so‘ng Biznes-ombudsman devoni tomonidan tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini tiklash hamda noqonuniy undiruvlarni bekor qilish yuzasidan tegishli xulosa kiritilgan.


 
Natijada 1 798 ta tadbirkorlik subyektiga nisbatan qonuniy imtiyozlar qayta qo‘llanildi. Shuningdek, 84,7 milliard so‘m miqdoridagi asossiz hisoblangan mablag‘ hisobdan chiqarildi.


 
Bundan tashqari, to‘qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalaridan elektr energiyasi uchun bir oylik oldindan to‘lov undirish amaliyoti to‘xtatildi.


 
O‘rganish yakunlariga ko‘ra, tadbirkorlarga belgilangan imtiyozlarni qo‘llamagan 109 nafar mansabdor shaxsga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 241⁶-moddasi asosida ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi va ularning javobgarligi masalasi ko‘rib chiqildi.

custom img

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Ispaniyada Terres oltin mukofotini qo'lga kiritdi

Ben Kingsli ishtirokidagi “Ma’rifat aks-sadosi” — New York Festivals hamda Kann korporativ media va televideniye festivali finalisti.

custom img

“Yashil makon”da sun’iy intellekt qo‘llaniladi: tuproq, iqlim va suv ta’minoti tahlil qilinadi

Prezident ishlar samaradorligini ekilgan ko‘chatlarning bir, uch va besh yildan keyingi holati asosida baholash zarurligini ta’kidladi.

custom img

Vino shishasi va qadoqlangan ziravorlar: Tailanddan O‘zbekistonga narkotik olib kirilishining oldi olindi

13 kgdan ortiq “gashish moyi”ning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

custom img

Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi: O‘zbekistonda 3 hududda sezildi

Tog‘li Badaxshon hududidagi zilzila 4,9 magnitudani tashkil etgan.

custom img

Rossiya, Vetnam va Tailanddagi tajriba: Chirchiqda narkolaboratoriya fosh etildi

Giyohvandlik vositalarini tayyorlash va sotish bilan shug‘ullangan 4 nafar fuqaro ushlandi.

custom img

“Mutlaqo xavfsiz”, “nojo‘ya taʼsiri yo‘q”: Raqobat qo‘mitasi tibbiy xizmatlar reklamasi bo‘yicha ogohlantirdi

Qo‘mita tibbiy xizmatlar reklamasida davolash natijasini kafolatlash, mutlaq xavfsizlikni vaʼda qilish yoki qarshi ko‘rsatmalarni inkor etishga yo‘l qo‘yilmasligini eslatdi.

custom img

Pul, telefon va soatlarni zo‘rlik bilan tortib olishdi: Namanganda 7 nafar talaba ushlandi

Texnikum talabalari 4 nafar tengdoshining buyumlarini ochiqdan-ochiq zo‘rlik ishlatib tortib oldi.

custom img

Bog‘cha bolalari xavfsizligiga beparvolik: haydovchi ushlandi

Haydovchi Damas‘da 16 nafar bog‘cha bolasini olib ketayotgani aniqlangan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"