Jahon

Tramp Kanadaga yangi bojlar bilan tahdid qildi

AQSh prezidenti Ottavani o‘rmonlarni yetarli darajada boshqarmayotganlikda ayblab, yong‘inli vaziyatlarni “beparvolik” deb baholadi.

Tramp Kanadaga yangi bojlar bilan tahdid qildi


 
AQSh prezidenti Donald Tramp Kanadadagi o‘rmon yong‘inlari oqibatida yuzaga kelayotgan tutun AQShning ko‘plab shtatlariga tarqalayotgani uchun Kanada mahsulotlariga nisbatan bojlarni yanada oshirish bilan tahdid qildi. U bu haqda o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida bayonot berdi.


 
Trampning ta'kidlashicha, Kanadadan kirib kelayotgan tutun AQSh aholisi salomatligi va iqtisodiyotiga milliardlab dollar zarar yetkazmoqda. U Ottavani o‘rmonlarni yetarli darajada boshqarmayotganlikda ayblab, vaziyatni "beparvolik" deb baholadi. Prezidentning aytishicha, ushbu zarar xarajatlari Kanada mahsulotlariga nisbatan amalda qo‘llanayotgan bojlar miqdoriga qo‘shilishi kerak.


 
So‘nggi haftalarda Kanadaning, ayniqsa Ontario provinsiyasidagi yirik o‘rmon yong‘inlari natijasida hosil bo‘lgan tutun AQShning O‘rta G‘arb va Shimoli-sharqiy shtatlarigacha yetib borgan. Chikago, Detroyt, Nyu-York va boshqa yirik shaharlarda havo sifati keskin yomonlashib, aholi uchun sog‘liq bo‘yicha ogohlantirishlar e'lon qilingan.


 
Biroq, Kanada hukumati Trampning ayblovlarini rad etdi. Favqulodda vaziyatlar vaziri Eleanor Olszewski mamlakat o‘rmonlarni muhofaza qilish va yong‘inlarga qarshi kurashga 12 milliard Kanada dollaridan ortiq mablag‘ yo‘naltirganini bildirib, AQSh va Kanada o‘rtasidagi hamkorlik davom etayotganini ta’kidlagan. Ontario hukumati esa yong‘inlarga qarshi kurashish imkoniyatlarini kuchaytirish maqsadida 11 ta yangi samolyot xarid qilinishini e'lon qilgan.


 
Mutaxassislarning fikricha, Kanada va AQSHda so‘nggi yillarda o‘rmon yong‘inlarining ko‘payishiga iqlim o‘zgarishi, yuqori harorat va qurg‘oqchilik asosiy omillardan biri bo‘lmoqda. Joriy yilda Ontario provinsiyasida 650 ming akrdan ortiq hudud yonib ketgan, minglab odamlar xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilingan. Shu bilan birga, AQSHning o‘zida ham 2026-yil boshidan buyon 1,5 million gektardan ortiq maydon o‘rmon yong‘inlari oqibatida zarar ko‘rgan.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.