Jahon

AQSHda aka-uka Teytlar Buyuk Britaniya so‘rovi bilan hibsga olindi

Endryu va Tristan Teyt zo‘rlash, odam savdosi va boshqa og‘ir jinoyatlarda ayblanmoqda. Ularning aprel oyida O‘zbekistonga kelgani ham tanqid ostida qolgandi.

AQSHda aka-uka Teytlar Buyuk Britaniya so‘rovi bilan hibsga olindi

AQSH marshallari ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyati bilan tanilgan aka-uka Endryu va Tristan Teytni Buyuk Britaniyaning ekstraditsiya so‘rovi asosida Mayamida hibsga oldi. Bu haqda CNN xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, Buyuk Britaniya tergovchilari 2010–2017-yillar oralig‘ida Sharqiy Angliyada sodir etilgani aytilayotgan jinsiy jinoyatlar yuzasidan yetti nafar jabrlanuvchining murojaatini o‘rgangan. Endryu Teytga nisbatan zo‘rlash, odam savdosi, voyaga yetmaganlarga oid nomaqbul tasvirlarni saqlash va tan jarohati yetkazish kabi 42 ta ayblov qo‘yilgan. Tristan Teyt esa zo‘rlash, jinsiy tajovuz va odam savdosi bilan bog‘liq 17 ta ayblovga duch kelmoqda.

 

AQSH Adliya vazirligi aka-ukalar ekstraditsiya jarayonlari doirasida xalqaro shartnomalar va huquqni muhofaza qilish bo‘yicha amaldagi kelishuvlarga muvofiq hibsga olinganini tasdiqladi. Ular kelasi hafta Mayamidagi federal sud oldiga chiqarilishi kutilmoqda.

 

Teytlarning advokati Jozef Makbrayd mijozlari aybsiz ekanini bildirib, Buyuk Britaniya va Ruminiya o‘rtasida Ruminiyadagi sud ishlari yakunlanmaguncha ekstraditsiya talab qilinmasligi bo‘yicha kelishuv mavjudligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ruminiyadagi sud jarayonlari hali ham davom etmoqda.

 

Ruminiya prokuraturasi ham avvalroq aka-ukalarni ayollarni Ruminiya, Buyuk Britaniya va AQSH bo‘ylab odam savdosi yo‘li bilan olib o‘tganlik hamda jinsiy ekspluatatsiya qilganlikda ayblagan edi. Aka-ukalar ushbu ayblovlarni rad etib kelmoqda.

 

Endryu Teyt Buyuk Britaniyada yana bir fuqarolik da’vosi bo‘yicha ham javobgar hisoblanadi. To‘rt nafar ayol uni zo‘rlashda ayblab sudga murojaat qilgan. Teyt vakillari esa bu ayblovlarni ham qat’iyan inkor etmoqda.

 

Bedfordshir politsiyasi ma’lumotiga ko‘ra, yangi ayblovlar Bedfordshir va Hertfordshir hududlaridagi yana to‘rt nafar jabrlanuvchining ko‘rsatmalari hamda tergov davomida to‘plangan qo‘shimcha dalillar asosida ilgari surilgan.

 

AQSH va Buyuk Britaniya fuqaroligiga ega bo‘lgan aka-ukalar 2025-yil fevral oyida Ruminiya rasmiylari ularga qo‘yilgan safar cheklovlarini bekor qilganidan so‘ng Floridaga kelgan edi. Ularning Florida shtatiga kelishi ortidan shtat bosh prokuraturasi ham ular yuzasidan alohida tergov boshlagan.

 

2026-yilning 4-aprel kuni Endryu Teyt X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida O‘zbekistonga tashrifi aks etgan videoni e’lon qilgan edi. Unda u Toshkent xalqaro aeroportida karnay-surnay sadolari ostida hamda zar chopon kiydirilgan holda kutib olinayotgani tasvirlangan.

 

Mazkur video ijtimoiy tarmoqlarning o‘zbek segmentida keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Xalqaro miqyosda og‘ir jinoyatlarda ayblanayotgan shaxsga bunday tantanali kutib olish marosimi tashkil etilgani tanqidlarga uchradi.

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"